Eldor Moyliev: "Ikkinchi daqiqadayoq qizil kartochka bilan jazolandik va rejamiz o'zgarib ketdi"
24 may 23:50
Yangiliklar
Eldor Moyliev: "Ikkinchi daqiqadayoq qizil kartochka bilan jazolandik va rejamiz o'zgarib ketdi"
"Neftchi"ni yaxshi o'rganib chiqqan edik. Ikkinchi daqiqadayoq qizil kartochka bilan jazolandik va rejamiz o'zgarib ketdi. "Neftchi"ga qarshi bir kishi kam bo'lib o'ynash qiyin. Futbolchilar oxirigacha kurashishdi. Raqib o'z imkoniyatlaridan foydalandi va g'alaba qozondi. Ularni g'alaba bilan tabriklayman", - dedi Eldor Moyliev bugungi bahs haqida.
- Qizil kartochka o'yin rejasiga qanchalik tasir o'tkazdi?
- Raqibimiz qanday o'ynashini bilar edik. Lekin 10 kishi bo'lib qolganimizdan so'ng 4-4-1 sxemasida o'ynadik. "Neftchi" qanotlarda faol ekanligidan xabardor edik. Shu sababli 5-4 uslubiga o'tib oldik, ammo hujumga chiqishga ancha qiynaldik. Tanaffusdan so'ng yana 4-4-1ga o'tib, qarshi hujumda o'z omadimizni sinab ko'rish uchun.
- Darvozabon zaxiraga olinganiga nima sabab bo'ldi?
- Darvozabonimiz jarohat oldi va shuning uchun uni zaxiraga oldik.
- Kamron Saidazimov va Nuriddin Hasanovlar zaxirada qoldirildi. Bunga sabab nimada?
- Kim yaxshi sport formasida bo'lsa, shunga imkoniyat beramiz. Yaqinlashib kelayotgan FIFA kunlarida tayyorgarlik ko'ramiz. Kim jismoniy jihatdan yaxshi holatda bo'lsa, o'sha futbolchi imkoniyatga ega bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar