So’nggi yangiliklar

15:20Жалолиддин Машарипов: "Узоғи билан 1 ойда умумий гуруҳга қайтаман"  1 13:40ФИФА Эронга умид билдирмоқда  2 13:13Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади  0 12:19"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи   60 12:01"Хоразм"-"Бунёдкор": устунлик "қалдирғочлар" томонидами?  2 11:12Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Ҳожиакбаров: "Пахтакор"ни ютган "Навбаҳор"да ўзига ишонч юқори"   1 10:28"Реал"дан учралган мағлубиятдан сўнг Гвардиола нималар деди?  41 09:49Артета навбатдаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  19 09:21"Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборган Арбелоа нималар деди?  17 08:53Садио Мане Сенегалдан чемпионликни олиб қўйилганига кескин муносабат билдирди  9 08:25Гвардиола: "Ҳусанов учун бу EЧЛдаги илк тажриба йили бўлди"  18 07:57Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади  4 07:30Sofascore. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг юқори баҳога лойиқ кўрилди  13 07:30ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2  55 05:55Шиддатли кечган баҳсда ўсмирларимиз Марокашни мағлуб этишди  4

"El Klasiko"gacha. "Real"ning dodini bergan "Barselona"ning 4 futbolchisi Yangiliklar

"El Klasiko"gacha. "Real"ning dodini bergan "Barselona"ning 4 futbolchisi

Teglar :  BarselonaReal
"El Klasiko" boshlanishiga ham oz vaqt qolmoqda. Uchrashuvga oid malumotlar va maqolalarni taqdim etishda davom etamiz.

"Real"ni "dabdala qilgan" "Barselona"ning 4 futbolchisi haqida fikr yuritamiz.

4. ROMARIO

1994 yil bundan-da yomon boshlanishi mumkin emasdi.

"Real" "Barselona" maydoniga safar uyushtirdi va tarixdagi eng yomon mag'lubiyatini qayd etdi. O'shanda Yoxan Kroyffning boshchiligidagi orzular jamoasi unutilmas g'alabani qo'lga kiritgandi.

"Barselona" superyulduzi Romario o'zining eng yaxshi holatida edi. U "Real"ga qarshi bahsda xet-trik qayd etdi. SHuningdek, Ronald Kuman va Ivan Iglesias ham raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Birgina Romarioning o'zi "Real"ni dovdiratib, barcha ishni deyarli bir o'zi hal qildi.

3. GARI LINEKER

"El Klasiko"dagi eng yaxshi ingliz futbolchilardan biri.

1987 yilda "Barselona" "Kamp Nou"da "Real"ni mehmon qildi. Angliyalik futbolchi esa dastlabki 5 daqiqadayoq raqib darvozasini 2 bora ishg'ol etdi.

Lineker jarima maydonchasi ichida tulkiga mos ayyorlik bilan harakat qilardi. Ilk gol Viktor Munoz, ikkinchisi esa Karraskodan qabul qilib olingan pasdan keyin urildi.

Lineker uchrashuvda xet-trik qayd etdi. Biroq uchrashuv yakuniga qadar kataloniyaliklar 2 gol o'tkazib yuborishdi. Yakuniy hisob - 3:2.

2. LEO MESSI

Leo Messi "Real"ga urgan golini qanday nishonlaganini hamma eslasa kerak.

So'nggi yillarda "Barsa" "Real"ni ko'proq mag'lub etmoqda. U 2009 yilda 6:2 hisobida yakunlangan o'yinda xet-trik qayd etdi, 2010 yilda (5:0) esa "Real" bilan dahshatli o'yin namoyish qilgandi.

U "El Klasiko" tarixida eng ko'p gol urgan va assistent bo'lgan futbolchi - 25 gol, 14 assistentlik. O'tgan mavsumda "Santyago Bernabeu"da o'tgan uchrashuvda Messi so'nggi daqiqalarda gol urib, jamoasiga g'alaba keltirgandi.

Siz Messi 1-o'rinda bo'lishini kutganmidingiz? Demak, adashibsiz.

1. RONALDINO

Messiga qadar Ronaldino o'zining brazilcha o'yin uslubi bilan "Real"ni tiz cho'ktirishga erishgandi.

Samuel Eto'Odan keyin kataloniyaliklarda Ronaldino ismli futbolchi etakchilikni o'z qo'liga olgandi. 2005 yildagi "El Klasiko"da u Salgado va Ramosni qanday qiynagani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak.

"El Klasiko" tarixidagi eng chiroyli voqealardan biri sodir bo'ldi. Madrid jamoasi tarafdorlari "Bernabeu"da Ronaldinoning o'yinlariga qarsaklar chaldilar va shunday harakatlari uchun minnatdorlik bildirdilar.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +63   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика