So’nggi yangiliklar

03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  2 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  9 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  47 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  6 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5

Ekvatorial Gvineya terma jamoasi Toshkentga 20 nafar o'yinchi bilan tashrif buyuradi Yangiliklar

Ekvatorial Gvineya terma jamoasi Toshkentga 20 nafar o'yinchi bilan tashrif buyuradi

Ekvatorial Gvineya terma jamoasi bosh murabbiyi Esteban Bekker O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi uchun 20 nafar futbolchini tarkibga jalb etgan.

O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o'tkaziladigan o'rtoqlik uchrashuvi uchun argentinalik murabbiy 20 nafar futbolchini ro'yxatga kiritgan.  Malumot uchun, Ekvatorial Gvineya terma jamoasi so'nggi rasmiy uchrashuvini o'tgan yilning 15 noyabr kuni o'z maydonida JCH-2018 saralashi doirasida  Marokash terma jamoasiga qarshi o'tkazgan hamda 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

Esteban Bekker bosh murabbiyligidagi terma jamoa 3 iyun kuni qita saralashi doirasida Benin terma jamoasiga qarshi maydonga tushishi kerak edi. Ammo, FIFA kongressida Benin terma jamoasiga qarshi sankciya qo'llangani va mazkur terma jamoa FIFA tasarrufidan chiqarilgani bois, o'yin qoldirilgan edi.

Eslatib o'tamiz, ayni damda FIFA reytingida 83-o'rinda borayotgan Ekvatorial Gvineya terma jamoasi o'tgan yili o'zi mezbonlik qilgan Afrika Millatlar Kubogi musobaqasida yarim finalga qadar etib borgan.

Avvalroq xabar berilganidek, O'zbekiston hamda Ekvatorial Gvineya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 2 iyun kuni Toshkentdagi Bunyodkor stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.

Ekvatorial Gvineya terma jamoasining O'zbekistonga qarshi o'yin uchun taklif etilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:

Felipe Ovono ("Orlando Payrets", JAR)

Migel Eyoma ("Bata")

Himoyachilar:

Karlos Akapo ("Valensiya Mestalya", Ispaniya)

Marselo Asumu ("Deportivo Unidad")

Igor Engonga ("Portugalet", Ispaniya)

Eloy Edu ("Sent Endryus", Malta)

Diosdado Mbele ("Xaybernian", Malta)

Jeyms Boriko ("Malorka" B, Ispaniya)

Eugenio Mbomio ("Deportivo Mongomo")

Yarim Himoyachilar:

Frederiko Bikoro ("Soni de Ela Nguema")

Ivan Zarandona ("Burgos", Ispaniya)

Maksimo Ndongo ("Rasing de Misomeseng")

Vieyra Ellong ("Kerkira", Greciya)

Silveriu Obiyang ("Akonanguy")

Kristobal Alogo ("Soni de Ela Nguema")

Federiko Nsue ("Malorka" B, Ispaniya)

Hujumchilar:

David Mitogo ("Barko", Ispaniya)

Enrike Boula ("Linares Deportivo", Ispaniya)

David Ortli ("Lazzsports", Ispaniya)

Salvador Edu ("Valensiya Mestalya", Ispaniya)

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика