So’nggi yangiliklar

08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  4 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  8 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  0 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  8 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  1 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  5 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  9 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  3 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  8

Ekspert fikri. Yorqin Nazarov: "Arablarga qarshi shunday o'ynash kerak. Ular to'psiz o'ynashni yoqtirishmaydi" Yangiliklar

Ekspert fikri. Yorqin Nazarov: "Arablarga qarshi shunday o'ynash kerak. Ular to'psiz o'ynashni yoqtirishmaydi"

O'zbekiston milliy terma jamoasining o'rtoqlik uchrashuvi doirasida BAA bilan kechgan uchrashuvi ko'pchilikda iliq taassurot qoldirdi.

Darhaqiqat shu kuni terma jamoamiz futbolchilari raqiblaridan har jabhada ustun kelishdi. Vaziyatlar yaratish, to'pni nazorat qilish, raqib maydonida hujumlar sonini oshirish kabi holatlarda amirliklarga nisbatan yaxshiroq harakat qilishdi. Odatda g'oliblar muhokama qilinmaydi. G'alaba qozonilgan o'yinlarda ham mayda va kichik xatolar kuzatilishi tabiiy. Futbolchilarimizning ishonchli harakati va har bir vaziyatga sovuqqonlik bilan yondashishlari elementar xatolarni yopib keta oldi.

Har bir o'yindan so'ng ekspert fikriga yuzlanganimiz kabi, bu safar ham ananamizga sodiq qolishni lozim deb bildik. Galdagi ekspertimiz sobiq futbolchi, "Paxtakor" tarkibida ko'plab gollarga mualliflik qilgan hozirda "Bunyodkor-2" jamoasida faoliyat olib borayotgan Yorqin Nazarov.

"Futbolchilarimiz shu kuni yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov qo'rqmasdan yoshlarga ishonch bildirdi. Maydonda harakat qilgan yosh futbolchilar esa kutilgan o'yinni namoyish qilishdi va ishonchni oqlashdi. Ularni menga yoqqan jihati shu bo'ldiki, to'p yo'qotilgach sarosimaga tushmasdan o'sha erni o'zida pressing qilib xotirjam olib qo'yishmoqda. Hojimat Erkinov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev murabbiyning ko'rsatmalarini to'liq bajarishgani ko'rinib turdi.

O'yin jihatdan ham ustunlik biznikilar tomonda bo'ldi. Termamiz azolari to'p bilan ko'proq muomalada bo'lishdi. SHu sabab bo'lsa himoyada katta muammolar ko'ringani yo'q. Himoyachilar to'g'ri o'ynashdi. Arablarga qarshi shunday o'ynash kerak deb o'ylayman. Ular texnik tomondan kuchli bo'lgani sababli to'psiz o'ynashni yoqtirishmaydi.

BAA terma jamoasi kuchli jamoa, bir qator saviyali futbolchilarga ega. Lekin, yuqorida aytganimdek to'p nazorati foizi ko'proq bizning tomonda bo'lgani sababli amirlik futbolchilarda vaziyatlar ham kam bo'ldi. BAAning biz bilan o'yindan oldingi yoki navbatdagi uchrashuvlarini ko'ring, ular to'p bilan texnikaga asoslangan kuchli o'yin ko'rsatishadi.

Mening fikrimcha, Vadim Abramov Eron bilan o'yinda tarkibni nomlarga va o'z jamoasida o'ynagan futbolchilarga qarab tuzdi. BAAga qarshi uchrashuvda esa ko'zga ko'ringan va mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatgan futbolchilarni tushirdi. Maydonda barcha futbolchilar yaxshi harakat qilishdi. O'yinni kuzatib Ibrohimhalil Yo'ldoshev eng yaxshi futbolchi sifatida ko'rsatgan bo'lardim",- deydi Yorqin Nazarov.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика