So’nggi yangiliklar

14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  1 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  1 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  4 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  5 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  15 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  14 08:47Расман: "Барселона" юлдузларидан бири жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  4 08:20Саудия қироли кубоги. "Олтин тўп" соҳиблари майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" ва "Ал Иттиҳод" кейинг босқичга чиқди  1 07:48Ҳусанов жароҳат сабабли "Манчестер Сити"нинг нечта учрашувида майдонга тушмаслиги маълум  15 02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  2

Ekspert fikri. Sanjar Asqaraliev: "Navbahor" Viktor Jalilovni mavsum boshida tayinlashi yoki No'mon Hasanovga vaqt berishi kerak edi Yangiliklar

Ekspert fikri. Sanjar Asqaraliev: "Navbahor" Viktor Jalilovni mavsum boshida tayinlashi yoki No'mon Hasanovga vaqt berishi kerak edi

Xabaringiz bor, yaqinda "Navbahor" jamoasida murabbiylar shtabida etiborga molik o'zgarishlar yuz berdi.

Yangi mavsumga jamoani tayyorlagan No'mon Hasanov istefoga chiqarildi va uning o'rniga Viktor Jalilov bosh murabbiy etib tayinlandi. Birinchi turdan keyinoq murabbiyning ishdan olinishi ko'pchilik qatori bizni ham taajjubga soldi. Ushbu holatga nima sabab bo'lgani aniq emas. Biz esa vaziyatga baho berish maqsadida ekspert fikriga yuzlandik. Bunda o'z vaqtida "Navbahor", "Neftchi"dagi o'yinlari bilan tanilgan sobiq futbolchi Sanjar Asqaraliev mazkur jarayonlarga o'z munosabatini bildirib o'tdi. 


"Birinchi turdanoq murabbiy o'zgarishi chempionatimizda kam kuzatiladigan holat hisoblanadi, bunaqasi deyarli yuz bermaydi. SHaxsiy fikrimcha, murabbiy o'zgarishini mavsum oldidan amalga oshirish yoki No'mon Hasanovga biroz vaqt berish kerak edi. 

Viktor Jalilovni oldinda qiyin ishlar kutmoqda. Birinchidan, jamoani Viktor Romanovich shakllantirmagan, futbolchilarni u kishi tanlamagan. SHu bois birdaniga katta o'zgarishlarga qo'l ura olmaydi. Ikkinchidan, murabbiy bor futbolchilar bilan oldindagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishga majbur. Bu natija beradimi-yo'qmi buni vaqt ko'rsatadi. Eshitishimga qaraganda, serbiyalik futbolchilar ham jamoani tark etish arafasida. Ushbu mutaxassisdan ko'p narsa o'rganish mumkin. Yana qaytaraman, oldindagi bahslarda katta o'zgarishlar bo'lmaydi. 

Viktor Romanovich birinchi davrani qo'l ostidagi futbolchilar bilan o'tkazib, yozgi transferlar oynasi vaqtida o'zi istagan o'yinchilarni jalb qilishi mumkin. Murabbiylik postini mavsum avvalida yoki joriy mavsum yakunlangach berish kerak edi, deb o'ylayman. 

Ko'pchilik katta natijalar, o'sha chempionlikni kutayotgani tabiiy. To'g'ri, hozirgi futbol umuman boshqacha. Lekin murabbiy shu futbolni ichida yurdi, chetga chiqib ketgani yo'q. Vaqt o'tgani sari baribir jamoada o'zgarishlar qiladi", - deydi Sanjar Asqaraliev.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика