So’nggi yangiliklar

11:24"Реал" собиқ хавбеки Гаго топ-клуб бош мураббийига айланади  0 10:47Кечаги учрашувда "Ливерпуль"нинг бир йўлла икки нафар асосий таркиб футболчиси жароҳат олди  2 10:10Ортиқча баҳоланган футболчилар рўйхати тузиб чиқилди  6 09:33Салоҳ учун асосий даъвогар жамоа маълум  0 09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  0 08:13"Реал Мадрид" етакчиларидан бири учун мавсум якунланди  4 07:42Футзал. Бугун финал!  3 02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  18 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  36 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  16

“Ekaterinburg Arena” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak? Yangiliklar

“Ekaterinburg Arena” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Bugun, ananamizga muvofiq, Jahon CHempionati-2018 o'yinlari o'tkaziladigan stadionlarning eng sharqiysi “Ekaterinburg Arena” haqida malumot beramiz.


• “Ekaterinburg Arena” stadionida mundial guruh bosqichining 4ta o'yini bo'lib o'tadi
• Musobaqaning eng sharqiy stadionida katta ko'lamdagi rekonstrukciya ishlari amalga oshirildi.



O'yinlar
“Ekaterinburg Arena” stadionida FIFA Jahon CHempionati guruh bosqichining 4ta o'yini bo'lib o'tadi. Bu erda UEFA, KAF, KONMEBOL, AFK va KONKAKAF konfederaciyalarinig jamoalari ishtirok etadi.

Imkoniyatlari
CHempionat vaqtida “Ekaterinburg Arena” stadioniga 35 000 tomoshabin tashrif buyurishi mumkin bo'ladi. Musobaqadan so'ng, vaqtinchalik tribunalardan voz kechiladi va tabiiyki, muxlislar sig'imi ham biroz kamayadi.


Joylashgan o'rni
Ushbu ulkan sport inshooti Ural poytaxti hisoblanmish, Ekaterinburg shahrining markaziy kismida joylashgan. Arenaning asosiy kirish yo'li serqatnov ko'chalardan biri Repinda joylashgani ham katta ahamiyatga ega. Ekaterinburgda qad roslagan stadionning qayta qurish loyihasi esa katta sport komleksi bunyod etilishiga zamin yaratdi.    

Bilasizmi?
Faqat qayta tamirga muhtoj bo'lgan stadionlar ichida “Ekaterinburg Arena” inshooti “Lujniki”dan keyingi ikkinchi o'rinni egallagan. Bu stadion 1956 yilda qurilgan. Avval uning o'rnida velosiped poygasi o'tkaziladigan maydon bo'lgan. “Ekaterinburg Arena” stadionidagi tamirlash ishlaridan so'ng, 1950-yilga oid turli qubbali naqshlar, dekaraciyali vazalar, tarixiy rasmlar va futbolchilar haykali qayta tiklandi. Bu esa siz xuddi kelajakdan o'tmishga tushib qolgandek bo'lishingizga yordam bera oladi. Tomoshabinlar o'rindig'i tepasidagi tom zamonaviy va yuqori texnologiyaga ega metalldan ishlangan bo'lib, erdan 45,5 metr balandlikda joylashgan.


Dastlabki o'yinlar
Jahon CHempionati-2018 o'yinlari o'tkaziladigan bazi bir boshqa stadionlar kabi “Ekaterinburg Arena”da ham turnirga tayyorgarlikning yakuniy bosqich ishlari olib borilmoqda. Bu erda mahalliy “Ural” klubi Rossiya Premer-ligasining bir nechta o'yinlar o'tkazishi rejalashtirilgan.

Meros
JCH-2018dan so'ng, ushbu stadion “Ural” futbol jamoasining asosiy arenasi bo'lib xizmat qiladi. So'nggi yillarda 87 yillik tarixga ega bu klub Rossiya Premer-Ligasida muqim o'rnashib olgandi, o'tgan mavsumda esa hatto Rossiya Kubogi finaligacha chiqa oldi. Stadiondagi tomoshabinlar o'rindig'i “Ural” klubining logotipi kabi olovrangga bo'yalgan.

FIFA rasmiy saytidan Nozima Zaripova tarjima qildi


"Lujniki" stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

“Rostov Arena” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak? 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика