So’nggi yangiliklar

11:55Рейндерс кўприк тагида ташлаб кетилган чақалоқни боқиб олди  1 11:23Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубогининг навбатдаги ўйинида ишлайди  0 10:43Грузия МТЖ собиқ футболчиси "Бухоро" билан шартнома имзолади  1 10:14"Манчестер Юнайтед" клубнинг антирекордини такрорлади  2 09:52"Челси" собиқ футболчиси ҳаёт билан видолашиш арафасида эканини маълум қилди  2 09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  2 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  10 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  2 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  10 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  3 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  3 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  3 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  245 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4

Falkao: "Mundialda "yangi Falkao"ni ko'rmadim. O'zbekistonga yana kelishni istayman" Yangiliklar

Falkao: "Mundialda "yangi Falkao"ni ko'rmadim. O'zbekistonga yana kelishni istayman"

Futzal olami yulduzi, braziliyalik sobiq o'yinchi Falkao saytimizga intervyu berdi.

- Final haqida qanday fikrdasiz?

- Menimcha, barcha kutgan onlarga etib keldik. Braziliya va Argentina o'rtasidagi o'yin mutlaqo o'zgacha yakun bo'ladi. Bu ikki jamoa futbolda ham, futzalda ham abadiy raqobatlashadi. Bunday o'yinda, bunday finalda o'ynash qanday baxt ekanligini tasavvur qilish qiyin.

- Umuman olganda, ushbu jahon chempionati qanday taassurot qoldirdi? Mundial davomida bo'lajak Falkaoni o'zingiz uchun kashf etdingizmi?

- Mazkur mundialda o'yin uslublari mutlaqo boshqacha, ko'proq jamoaviy o'yinga asoslangan uchrashuvlar o'tkazildi. Men Falkao (o'zini nazarda tutyapti) kabi individual mahoratga yondashadigan futzalchini ko'rmadim. Lekin jamoa uchun muhimi natija hisoblanadi.

- Braziliyada muntazam ravishda etakchi futzalchilar etishib, jamoaning har mundialda favorit hisoblanishiga sabab nima?

- Sababi, Braziliya juda kuchli ligaga ega, qolaversa, asosiy o'yinchilar butun dunyo bo'ylab grand klublarda to'p tepadi va bu jahon chempionatida namoyon bo'ladi. SHu bois, Braziliya har qanday musobaqaga favorit sifatida boradi.

- O'zbekiston mamlakati qanday taassurot qoldirdi?

- Bu mamlakat menga yoqdi. Aholisi muloyimtabiat va juda xushmuomala ekan. Qachondir bo' o'lkaga yana tashrif buyurishga umid qilaman.

Eslatib o'tamiz, Falkao to'rt marta dunyoning eng yaxshi futzalchisi deb topilgan. SHuningdek, u Braziliya tarkibida ikki karra jahon chempionligini qo'lga kiritgan.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика