So’nggi yangiliklar

23:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" (матнли трансляция)  17 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 23:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" - "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  6 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  14 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  2 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  6 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  61 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0

Ehsoni Panchshanbe “Navbahor”ga o'tganidan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

Ehsoni Panchshanbe “Navbahor”ga o'tganidan so'ng nimalar dedi?

O'zbekistonning “Navbahor” klubi o'z tarkibiga Tojikistonning “Istiqlol” jamoasi yarim himoyachisi Ehsoni Panchshanbe qo'shib oldi.

Ushbu transferdan so'ng futbolchi o'z instagram sahifasida qo'yidagi fikrlari bilan post qoldirdi.

“Istiqlol” mening yuragimda doimo qoladi. “Istiqlol” dan hozirgi kunga qadar ketish mening faoliyatimda eng katta va eng og'ir qaror bo'ldi. Men hech qachon “Istiqlol”dan ketmagan bo'lar edim, lekin chet mamlakatda to'p tepish va o'zimga bo'lgan ishonchni yanada oshirish mening orzuim. Orzu sari intilishning hozir ayni vaqtidir.

“Istiqlol”ga kelganimda 17 yosh edim. Jamoa bilan birga futbolchi sifatida ulg'aydim va maydonda borimni berdim. Sizlarning qo'llab-quvvatlashingizdan ruxlanib imkonsiz ishlarni ham amalga oshirishga harakat qildim. Faoliyatim davomida yonimda bo'lgan barchaga rahmat aytaman. Jamoa murabbiylariga,jamoadoshlarimga va albatta muxlislarga har bir daqiqa uchun tashakkur aytaman. Ayniqsa, mening orzuimni amalga oshirishga yordam bergan klub prezidenti SHoxrux Saidzodaga alohida minnatdorligimni izhor qilaman", - deb yozgan Panchshanbe.

Malumot uchun, Ehsoni Panchshanbe 1999 yilda Tojikistonda tug'ilgan. U o'z faoliyati davomida 2016 ikkinchi yarmidan bir necha bor Tojikiston chempioni bo'lgan. SHuningdek, mamlakat Superkubogi va Kubogi sohibi hamda 2017 yilda OFK Kubogi yarim finalichisi hisoblanadi. 2018 yilda Tojikistonning eng yaxshi yosh futbolchisi. Tojikiston milliy terma jamoasi azosi. Futbolchi “Navbahor” bilan 2022yilning oxiriga qadar shartnoma imzolagan.


Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика