So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  6 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  25 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   37 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  227 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

Eh, Gollandiya nega JCH-2014da uchinchi o'rinni olganding? Yangiliklar

Eh, Gollandiya nega JCH-2014da uchinchi o'rinni olganding?

Xabaringiz bor, Gollandiya terma jamoasi 2016 yilgi Evropa chempionati final bosqichiga chiqa olmadi.

"Lolalar yurti" jamoasi 1984 yildan buyon ilk bor Evropa chempionatini o'tkazib yuboradi. Gollandiya "Jahon chempionatining uchinchi o'rin lanati"ga uchradi. Bu lanat faqat Germaniyaga tasir qilmagan xolos. Gap nima haqida ekanini quyida tushuntirib o'tamiz.

1982 yildan buyon Jahon chempionatlarida uchinchi o'rinni faqat Evropa qitasi vakili qo'lga kiritgan. Qizig'i uchinchi o'rinni olgan o'sha jamoa navbatdagi Evropa chempionatiga chiqa olmagan!

Gollandiya terma jamoasi 2014 yil Braziliyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida uchinchi o'rin uchun bahsda mezbonlarni mag'lub etib bronza medallarga ega chiqqandi. Endi jamoa 2016 yilgi Evropa chempionatiga chiqa olmadi...



1982 yil Polsha JCHda uchinchi o'rinni olgan va 1984 yilgi Evropa chempionatiga chiqa olmagan

1986 yil Franciya JCHda uchinchi o'rinni olgan va 1988 yilgi Evropa chempionatiga chiqa olmagan

1990 yil Italiya JCHda uchinchi o'rinni olgan va 1992 yilgi Evropa chempionatiga chiqa olmagan

1994 yil SHveciya JCHda uchinchi o'rinni olgan va 1996 yilgi Evropa chempionatiga chiqa olmagan

1998 yil Xorvatiya JCHda uchinchi o'rinni olgan va 2000 yilgi Evropa chempionatiga chiqa olmagan

2002 yil Turkiya JCHda uchinchi o'rinni olgan va 2004 yilgi Evropa chempionatiga chiqa olmagan

2006 va 2010 yilgi Jahon chempionatlarda Germaniya uchinchi o'rinni olgan. Yuqorida aytilganidek nemislarga bu "lanat" tasir qilmagan.

2014 yil Gollandiya JCHda uchinchi o'rinni olgan va 2016 yilgi Evropa chempionatiga chiqa olmadi.


Endi Evropa jamoalari 2020 yilgi qita chempionatiga chiqmoqchi bo'lsa 2018 yilgi JCHda uchinchi o'rinni olmaslikka harakat qilishsa ajab emas.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика