So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:50BALLON D'OR-2025  101 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

Edgar Gess: "Keyin berilgan mablag'ning foydasi kam bo'ladi" Yangiliklar

Edgar Gess: "Keyin berilgan mablag'ning foydasi kam bo'ladi"

Kecha bo'lib o'tgan oliy liga 10-turi doirasidagi "Metallurg" - "Andijon" (5:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Edgar Gess matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- “Metallurg”ni ajoyib g'alaba bilan tabriklayman. Bugun biz o'yinning bunday tus olishini aslo kutmagandik. “Metallurg” bir necha mavsumlardan buyon shakllanib kelayotgan, mamlakatimizning kuchli klublaridan biri. Bizda esa afsuski mavsumga puxta tayyorlanish imkoniyati bo'lmadi. Tarkibimizga nazar tashlang, o'tgan yilgi tarkibda kimlar qolgan? Ikki uch nafar o'yinchini topa olasiz, qolganlarning barisi yangi. Ularning esa o'yinini shakllantirib olishimiz uchun vaqt kerak. Asqaraliev, Otaxonovlarning o'rni bilindi. Ammo futbol bir ikki o'yinchiga qarab qolishi mumkin emas.

Moddiy qiyinchiliklar xalaqit berayapti deysizmi? Unday emas. mablag' o'z vaqtida berilishi kerak. Biz mavsumga tayyorlanayotganimizda yangi o'yinchilarni xarid etishimiz, jamoani shakllantirib olishimiz uchun kerak edi. Keyin berilgan mablag'ning esa foydasi kam bo'ladi. Hali vaqt bor. Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'ramiz. Tanaffus paytida tarkibni kuchaytirish harakatini qilamiz. Bugungi mag'lubiyatni tezroq unutib, keyingi turlarga hozirlanishimiz zarur. Uchrashuvni to'liq ko'rib chiqamiz, kamchiliklarimizni tahlil etamiz va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqamiz”.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика