Eden Azar: "Mbappe "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi uchun nima qilishi kerak?"
25 jan 17:10
Yangiliklar
Eden Azar: "Mbappe "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi uchun nima qilishi kerak?"
Madridning "Real" klubi sobiq yulduzi Eden Azar "qirollik klubi" hujumchisi Kilian Mbappening "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirdi.
"U albatta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadi. Buning uchun Mbappe Chempionlar Ligasi va La Ligada zafar quchishi yoki jahon chempionatida uzoqroqqa borishi kerak. Lekin shubhasiz, ertami-kechmi u bu sovringa ega chiqadi", — dedi Azar "TF1" telekanali efirida.
Malumot uchun, Mbappe joriy mavsumda barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 34 ta gol va 5 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali francuz yulduzini 200 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar