So’nggi yangiliklar

15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  0 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  1 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:18Валерий Седунов вафот этди  0 13:51"Қолишимни кутмагандим". Салоҳ – шартномаси ҳақида  0 13:22"Айнтрахт" Беллингемга кўз тикди  8 12:56"Манчестер Сити" икки футболчи учун 180 млн фунт сарфлайди  15 12:29Камолиддин Тожиев: "Педро Морейра клубдан кетдими? Раҳбариятдан сўраганингиз маъқул"  5 12:26"Насаф"нинг Қўқондаги ғалабали ўйинидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:52Криштиану Роналдунинг ўғли финалда дубль қайд этиб, Португалияга ғалаба келтирди  15 11:25Лапорта Ямаль билан шартнома ҳақида: "Ҳамма нарса келишиб олинди"  26 10:59Роналдуга кутилмаган жамоадан таклиф тушган. У клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этиши мумкин  5 10:32“Арсенал“ ёзда учта йирик трансферни амалга оширмоқчи  3 10:06Sofascore. Алиқулов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 09:40Никола Лазаревич: "Рақибимизда мураббий алмашгач, ўйин услуби ўзгариб жамоа иккита ўйинда 12 та гол уришга эришди"  2

ECHL. PSJ Madridda zor yig'lagan kecha yoxud "Real Madrid" chorak finalga yo'l oldi Yangiliklar

ECHL. PSJ Madridda zor yig'lagan kecha yoxud "Real Madrid" chorak finalga yo'l oldi

ECHLning 1/8 finalidan o'rin olgan "Real Madrid" - PSJ bahsi yakunlandi.

"Real Madrid" - PSJ 3:1 (birinchi o'yin - 0:1)

Gollar: Kilian Mbappe 39', Karim Benzema 61', Karim Benzema 76', Karim Benzema 77'

"Real Madrid": 1. Tibo Kurtua, 2. Daniel Karvaxal (17. Lukas Vaskes 66'), 3. Eder Militao, 4. David Alaba, 6. Nacho Fernandes, 10. Luka Modrich, 8. Toni Kroos (25. Eduardo Kamavinga 57'), 15. Federiko Valverde, 11. Marko Asensio (21. Rodrigo 57'), 9. Karim Benzema, 20. Vinisius Junior.

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 5. Xesus Valexo, 7. Eden Azar, 12. Marselo, 16  Luka Yovich, 18. Garet Beyl, 19. Dani Sebalos, 22. Icko, 24. Mariano Dias.

"PSJ": 50. Djanluidji Donnarumma, 2. Ashraf Xakimi (23. Yulian Draksler 88'), 5. Markinos, 3. Presnel Kimpembe, 25. Nunu Mendesh, 15. Danilu Pereyra (11. Anxel Di Mariya 81'), 6. Marko Verratti, 8. Leandro Paredes (27. Idrissa Geye 71'), 30. Lionel Messi, 7. Kilian Mbappe, 10. Neymar.

Zaxira: 1. Keylor Navas, 9. Mauro Ikardi, 17. Kolen Dagba, 18. Djordjino Veynaldum, 22. Abdu Diallo, 24. Tilo Kerer, 28. Erik Ebimbe, 34. Xavi Simons, 38. Eduar Michu.

Ogohlantirishlar: Leandro Paredes 7', Nacho Fernandes 43', Vinisius Junior 44', Daniel Karvaxal 60', Djanluidji Donnarumma 62', Ashraf Xakimi 81', Lukas Vaskes 88'

Real Madrid

Karim Benzema - 61', Karim Benzema - 76', Karim Benzema - 78'

Champions League Final Stage . 1/8-tur

10/03/2022, 01:00

1
:
3
Tugadi

Paris Saint-Germain

Kylian Mbappe - 39'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 59895 tomoshabin

Bosh hakam: Danny Makkelie

45'
90'
43'  Nacho Fernandez
44'  Vinicius Junior
57'  Marco Asensio (Rodrygo)
57'  Toni Kroos (Eduardo Camavinga)
60'  Daniel Carvajal
61'  Karim Benzema
61'  Vinicius Junior
66'  Daniel Carvajal (Lucas Vazquez)
76'  Karim Benzema
76'  Luka Modric
78'  Karim Benzema
88'  Lucas Vazquez
7'  Leandro Paredes
39'  Kylian Mbappe
39'  Neymar
62'  Gianluigi Donnarumma
71'  Leandro Paredes (Idrissa Gana Gueye)
81'  Danilo Pereira (Angel Di Maria)
81'  Achraf Hakimi
83'  Presnel Kimpembe
88'  Achraf Hakimi (Julian Draxler)


Malumot uchun, mazkur jamoalarning dastlabki o'yinida PSJ 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

90+4. O'yin yakunlandi!

90+1. Messining jarima zarbasidan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Modrichning uzoqdan yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi.

85. "Real" oldinga o'tishda davom etyapti. Darvozaga yaqin nuqtadan jarima zarbasi ishlab oldi jamoa.

81. Parijliklar bo'layotgan voqealardan shokda! Xo'sh, buyog'iga qanday bo'ladi endi? Maydon "yonmoqda"!

"Real" to'pni egallab olgan zahoti hujumga o'tdi, Vinisuis chapdan kirib borib to'pni markazga uzatdi, Benzema esa bitta aniq zarba bilan xet-trik qayd etdi!

78. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Real" uchinchi golini urmoqda! DAHSHAT!

Modrich hujumni boshladi, Vinisius uni davom ettirdi, jarima maydonchasida to'pni yana Modrichga qaytadi, Luka Benzemaga pas berdi va Karim gol urdi!

76. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Benzema gol urdi va "Real" hisobda oldinga chiqib oldi!

73. Vinisius Junior darvozaga yaqin joydan zarba berdi, ammo to'p anchagina balandga ketdi.

67. Uchrashuv harorati ancha oshdi. Ikki jamoa vakillari ham tinmayapti.

65. Endi madridliklar tinmayapti. Muxlislar ham anchagina jonlandi.

Donnarumma qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, to'pni adashib Vinisius Juniorga uzatib yubordi, u esa markazroqdagi Benzemaga to'pni berdi va Karim gol urdi!

61. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Real Madrid" hisobni tenglashtirdi!

57. Bugun Mbappe hayratlanarli darajada harakatlarni amalga oshiryapti. Hujumda faqat o'z ko'p narsani hal qilyapti, unga esa jamoadoshlari kerakli paytlarda uzatmalarni amalga oshirib turmoqda.

Ammo ushbu gol ham o'yindan tashqari holat yuzaga kelgani sabab inobatga olinmadi! Kilian Mbappe hozircha uchta gol urdi, ularning bittasi hisobga olindi.

54. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Mbappe gol urdi!

53. Valverdening uzoq masofadan yo'llagan zarbasi raqib himoyachisiga tegib qaytdi.

50. Bo'limning ilk daqiqalarini madridliklar faollik bilan boshlagan edi, ammo hozir to'p nazorati asosan mehmonlarda.

46. Boshlandi!

Jamoalar ikkinchi bo'limga qaytishmoqda.

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+1. Parijliklar goldan keyin ham tinmayapti, jamoa azolari hujum qilishda davom etishmoqda.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. Modrichning uzoq masofadan erlatib bergan zarbasi kuchsiz chiqdi.

Neymar Mbappeni oldinga boshladi, Killian bir o'zi himoyachilardan o'tib ketib darvozaga yaqin bordi va kuchli zarba berdi - hisob 0:1. Super hujum - super gol!

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! PSJ hisobda oldinga chiqib oldi!

37. Kroos to'pni havolatib jarima maydonchasi tomon uzatdi, Benzemaning bosh bilan bergan zarbasi esa birozgina noaniq ketdi.

34. Amma ushbu gol inobatga olinmadi, hujum tashkil qilinayotganda Nunu Mendesh o'yindan tashqari holatda ekan. 

34. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Mbappe gol urdi. 

31. Neymar jarima maydonchasi ichida to'pni yanada oldinroqda turgan Messiga uzatdi, Leo o'tkir burchak ostidan to'pni sal markazga uzatdi, ammo bu vaziyatda parijliklardan hech kim yo'q edi...

25. ZARBA! Benzemaning uzoq masofadan aylanma bergan zarbasi biroz noaniq ketdi. 

22. Neymarning erlatib bergan zarbasini Kurtua ushlab oldi.

21. Bosh hakam ko'pgina holatlarda o'yin qoidasi buzilmaganiga ishonmay, o'yinni to'xtatmayapti.

20. Paredesning darvozaga yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi.

13. XAVFLI VAZIYAT! Mbappe jarima maydonchasiga kirib borib darvozaga erlatib zarba berdi, Kurtua esa oyoqlari bilan to'pni ajoyib tarzda qaytarib yubordi.

12. Karvaxalning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

8. Messi himoyaga yordamga kelib to'pni olib qo'ydi va Neymarni oldinga boshladi. Braziliyalik futbolchi maydon markazidan turib Mbappega pas berdi, Killian jarima maydonchasiga kirib borib zarba berdi, Kurtua esa to'pni ushlab oldi.

7. Asensio uzoq masofadan darvozaga zarba yo'lladi, to'p himoyachilarga tegib qaytdi.

4. Vinisuis chapdan oldinga o'tib to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi, Asensio esa darvozaga zarba berolmadi.

3. Madridliklar raqiblariga bosim o'tkazib, to'pni olib qo'yishga intilishmoqda.

1. Ilk daqiqalardanoq madridliklar hujumga o'tishdi. O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Asensio o'ziga to'g'rilay olmadi.

1. O'yin boshlandi!

Jamoa vakillari maydonga chiqib kelishmoqda.

Har ikki jamoa vakillari o'yinoldi rasmiy mashg'ulotda ishtirok etishdi. 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi. 

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика