So’nggi yangiliklar

09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  1 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  5 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   0 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  2 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  10 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  3 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  9 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  15 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  2 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  3

ECHL qaytmoqda! Bugun Madridda "Atletiko" - "Liverpul" to'qnashuvi bo'lib o'tadi Yangiliklar

ECHL qaytmoqda! Bugun Madridda "Atletiko" - "Liverpul" to'qnashuvi bo'lib o'tadi

CHempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida "Atletiko" o'z stadioni "Vanda Metropolitano"da "Liverpul"ni qabul qiladi.

"Atletiko"

CHempionlar Ligasi guruh bosqichida Madrid jamoasi 10 ochko to'plashga muvaffaq bo'ldi. Evropa maydonidagi olti uchrashuvda "matraschilar" 8ta gol urishdi va darvozalaridan 5ta to'p olib chiqishdi. O'z kvartetida jamoa "Yuventus"dan keyingi ikkinchi o'rinni egalladi. Turinliklar guruh bosqichida ortiqcha muammolarga duch kelishmadi va ikkinchi o'rindan 6 ochko ilgarilab ketishdi.  

Jiddiy raqiblarga qarshi o'yinlarda Simeone shogirdlari unchalik ham ishonchli o'yin ko'rsatishmadi.

Mavsumning qizg'in pallasiga kelib "indeyslar" yana barqaror o'yin namoyish eta olmayotgandek, go'yo. Superkubok yarim finalida "Barsa"ni dog'da qoldirgandan so'ng (3:2), "Atletiko" keyingi 7 bellashuvning 4tasida mag'lubiyatga uchradi. Yana ikki bor durangga imzo chekishga majbur bo'ldi.

Superkubokni "Real"ga yutqazib qo'ygach, Diego Simeone jamoasi Primerada "Eybar"ga (0:2) mag'lub bo'ldi, Qirol Kubogi doirasida "Leonesa"ga imkoniyatni boy berdi (1:2), o'z maydonida "Leganes" bilan chempionat uchrashuvida (0:0) bir ochko ishlab olishdi va "Real Madrid"ga yana taslim bo'lishdi (0:1). SHunchaki, bu safar chempionat doirasida.

La Liganing yana ikki o'yinida "Atletiko" "Granada"ni engdi (1:0) va "Mestalya"da "Valensiya" bilan murosa ko'chasini tanladi (2:2).


"Liverpul"

Klopp shogirdlari guruh bosqichida 13 ochko jamg'arishdi. Bu natija kvartetda birinchi o'rin uchun etarli bo'ldi. Ikkinchi o'rindagi "Napoli" 1 va "RB Zalcburg" 6 ochkoga ortda qoldirildi. Ammo to'plar nisbati, umuman olganda o'yin sifati ham alo darajada edi deya olmaymiz. "Mersisaydliklar" guruh bosqichining 6 o'yinida 8 bor gol o'tkazib yuborishdi va 13ta gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Tan oling, hozirgi jamoadan bundan yaxshiroq natija kutishga o'rganib qoldik. 

Evrokubokning ilk o'yinidayoq Yurgen Klopp jamoasi safarda "Napoli"ga yutqazib qo'ydi (0:2). Keyingi bellashuvda "Enfild"da "RB Zalcburg" katta qiyinchilik bilan (4:3) taslim etildi.

Qolgan o'yinlarda "Gent"ga bir ochko ham berilmadi (4:1; 2:1), "Napoli" bilan durang (1:1) va Avstriya "RB Zalcburg" taslim etildi (2:0).

APLda Yurgen Klopp shogirdlarining ishlari besh. Eng yaqin taqibchining ham yaqinligi qolmadi. Peshqadam va ikkinchi o'rindagi jamoa o'rtasida 25 ochko farq bo'lishi har kun ham qayd etilavermaydi axir. Hujumdagilar ajoyib formada. 26 turdan so'ng "Liverpul" 61ta gol urdi. So'nggi bor "qizillar" o'tgan yili 17 dekabrda mag'lub bo'lishgandi. Lekin o'shanda ham jamoa Kubok doirasidagi o'yinga ikkinchi tarkib tashlangandi. "Aston Villa" bu imkoniyatdan unumli foydalandi va yirik hisobda (0:5) g'alaba qozondi.

Turli musobaqalardagi oxirgi 4 o'yinda "Liverpul" zafar quchdi va birorta ham gol qo'yib yubormadi. Premer-ligada "Liverpul" "Vest Xem" (2:0) va "Sautgempton" (4:0) ustidan ishonchli g'alabaga erishdi. Angliya Kubogi 1/16 finalida doirasida takroriy o'yinda "SHrusberi Taun"ni mag'lub etdi.


15 fevral kuni APLning deyarli chempioni "Liverpul" "Norvich" kichik ustunlik (1:0) hisobiga engdi. O'yindagi yagona golni zaxiradan o'yinga qo'shilgan Sadio Mane 78-daqiqada urdi.

Barqarorlik etishmayotgan "Atletiko"ga o'z uyida bo'lsa ham, o'z yo'lidagi istalgan raqibni mag'lub etayotgan, inglizlarga qarshi juda qiyin bo'ladi. Simeone bu uchrashuvda Triper va Joau Feliks xizmatlaridan foydalana olmaydi. Ektor Errera va Diego Kostaning holati ham aniq emas.

Mehmonlarda birgina SHakiri jarohat tufayli yo'qligini takidlab o'tish mumkin.


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика