So’nggi yangiliklar

09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  0 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  4 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  3 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  12 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  5 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  44 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  1 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2

ECHL. "Liverpul" so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga "Ayaks"ni mag'lub etdi Yangiliklar

ECHL. "Liverpul" so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga "Ayaks"ni mag'lub etdi

Teglar :  LiverpulAyaks
Evropa CHempionlar ligasining 2-turidan o'rin olgan "Liverpul" - "Ayaks" uchrashuvi yakunlandi.

"Liverpul" — "Ayaks" 2:1

Gollar: 1:0 – 17 Salax, 1:1 – 27 Kudus, 2:1 – 89 Matip.

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Cimikas, Tiago Alkantara (Baychetich, 90), Fabino, Elliott (Firmino, 66), Salax, Diogu Jota (Nunes, 66), Dias (Milner, 90).

Ayaks – Pasveer, Rensx (Sanches, 68), Bassi, Timber, Blind, Alvares, Taylor (Grillich, 80), Kudus (Brobbi, 86), Tadich, Bergeys, Bergveyn.

Ogohlantirishlar: Alvares (59), Matip (62), Bergeys (90).


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL!!! Nihoyat! Matip bosh bilan darvozaga to'p kiritdi.

88. SALAH!!! Uning zarbasidan so'ng to'p rekoshet orqali darvoza ustuniga tegib qaytdi!

83. Nunesning zarbasi...

80. Bassi oq xalat kiyib yuradigan kishilar yordamiga muhtoj.

75. Blind Kloppni yana ko'zoynak taqib, o'yinini tahlil qilishga majbur qilishi mumkin edi, ammo uning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

74. Bugun "Liverpul" futbolchilari yo'llagan zarbalarga phraqib darvozasi harqanaqasiga kaltalik qilmoqda.

71. Kudus Alissonni cho'chitib qo'ydi. Braziliyalik posbon o'z o'rnida.

66. Eliot va Jota o'rniga Firmino va Nunes maydonga tushirildi.

66. Dias chap qanotdan katta tezlikda oldinga bordi, biroq so'ngi qarori noaniq bo'ldi.

64. Eliot raqibning bo'sh qolgan darvozasini  ishg'ol qilishga vijdoni qiynaldi.

62. Matipning bo'yi har narsaga etadi-yu, hakam ko'rsatgan sariq kartochkaga etmadi.

59. Hakamning cho'ntagidan "quyosh" chiqdi va u Alvaresga ko'rsatildi.

55. Markaz zonasida "Ayaks" futbolchisi atrofida etti haykal, Fabino qoida buzdi. 

51. Van Deyk Ulug'bek Rahmatullaevning omad haqidagi qo'shig'ini aytayotgan bo'lsa, ajabmas.

50. "Ayaks" futbolchisi Jotaga og'riq qanday bo'lishini eslatib qo'ydi.

47. Kudus raqib jarima maydonida yiqildi, hakam uni xursand qiladigan qaror qabul qilmadi, qarshi hujumda esa Jota to'pni Pasveerning quchog'i tomon yo'lladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Kimdir teleekranda, kimdir esa tushida uchrashuvni tomosha qilishni davom ettiradi.

Tanaffus.

45. "Liverpul" futbolchilari Tadichning boshini aylantirib qo'yishdi. Mezbonlar sardoriga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

42. Arnold unaqasigayam, bunaqasigayam tepib ko'rdi, Pasveer esa "Vatan uchun ko'ksim tog', qalqondir shanim" qo'shig'ini ijro etib berdi.

35. ZARBA! Van Deyk burchakdan oshirilgan to'pga bosh bilan zarba yo'lladi, darvozabon to'pni qaytardi, qaytdan to'pni "Ayaks" himoyachisi o'zi kutmagan holda darvozasiga joylab qo'yib, goleadorligini namoyish etmoqchi bo'ldi, biroq Pasveer bunga ham yo'l qo'ymadi.

Xokkeyda reklama berilganda, futbolda nima qilibdi.

34. Diasning tepkisidan egan to'p undan qochib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

31. Arnold!!! "Liverpul" himoyachisining zarbasidan so'ng gol bo'lishi uchun sal qolishiga sal qoldi.

27. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! "Ayaks"ning ikki futbolchisi raqib jarima maydonida kim gol urishi borasida "maslahat oshi" o'tkazib oldi, oxir-oqibat Kudus to'p kiritishga kelishildi.

"Ayaks" gol urolmayotganiga yarasha ularning gollarin videorolik orqali tomosha qilib oldik Sport tvda.

23. Jota ham Dias poylagan nuqtaga zarba yo'lladi.

22. Dias darvozaning enini kengroq deb tasavvur qildi chamamda. Biroz avval esa jarima zarbasining shamoliga 3-4 metr narida turgan ikki futbolchi ag'anab tushdi.

20. Bergveyn ofsayd holatida "Liverpul" darvozasining peshonasini to'p bilan chertib qo'ydi.

17. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Saloh Jotaning ajoyib pasidan so'ng qulay imkoniyatdan unumli foydalandi!

15. Arnold Pasveerning qo'llariga pas berdi.

13. Matich Kudusni qulay vaziyatga olib chiqdi, ammo mehmonlar hujumchisi tokay zarba beraman deguncha maydon tugab qoldi.

8. Salah raqib darvozasini ishg'ol qilishdan avval himoyachisining oyoqlari orasini ishg'ol qilmoqchi bo'ldi, biroq buning uchun to'p kattalik qildi.

7. Bassi maydon chetida yugurayotgan sheriklarini ham o'ynayapti deb o'yladi, shekilli.

4. Cimikasning zarbasini "Ayaks" posboni uchib ketayotgan samolyotga termulganday kuzatib qo'ydi.

2. Salahning raqib jarima maydoniga uzatmasidan so'ng "Ayaks" himoyachisi yoshligidan "shpagat" ochishni o'rgangani asqotdi.

1. Uchrashuvni mezbonlar boshlab berishdi.


Bo'yinlaringizni aylantirib, mashq qilib oling, aks holda o'yin davomida malham qidirib qolishingiz mumkin.

Jamolar maydonga chiqib kelishdi. Bir daqiqalik sukunat.


Kelvin Bassi Championat.asia yangiliklaridan xabardor bo'lmoqda.

Anjanlik muxlislarga raqobatchilar topildi.


Jamoalarning avtobuslari stadionga etib kelishmoqda.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bilamiz, bugun ko'pchiligingizning zangori ekranglaringiz Myunxenga qaratilgan, biroq mana bu uchrashuv ham undan kam bo'lmaydi. Bundan ham xavotir olmang, bugun sizni mersisayd atmosferasidan ham bahramand etib borishga harakat qilamiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика