So’nggi yangiliklar

12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  0 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  1 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  7 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   5 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  9 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5

ECHL finalida drama ko'ramizmi yoki komediya? Yangiliklar

ECHL finalida drama ko'ramizmi yoki komediya?

Saytimiz jurnalisti SHahboz Beg'amov o'zining Telegram kanalida Evropa chempionlari ligasi finali haqidagi mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

ECHL finali oldidan «Francuzcha-nemeckiy» ikkita serial ko'ramiz.

Raqobatbardosh ligalar kuchli jamoalarni kafolatlamaydi. SHunchaki ligani qiziqarliligi oshadi. Aksincha, raqobati kam, gegemonlari bor chempionat chempionlarni doim ham kuchsizlantirib qo'ymaydi. SHunchaki bazida ular kuchliligi uchun ligada raqobat ko'rinmaydi. 

Kamiga ECHL restarti oldidan Franciyada chempionat davom etmadi, Bundesliga 1,5 oy avval tugagandi. Eng qiyini o'yin amaliyotisiz qolgan «Leypcig», «Bavariya», PSJ va «Lion» jamoalariga edi. Lekin murabbiylarning to'g'ri tayyorgarlik dasturi va balansni ushlab, kuchni to'g'ri taqsimlash yo'ldagi «katta to'siq»larni yo'q qilishga kifoya qildi.

Uchala to'qnashuvda tizimli, yani hujumkor futbol va taktikadan ko'proq boxabar va rang-barang murabbiylar (Nagelsmann, Flik, Tuxel) yutdi. Qizig'i, uchalasi nemis va ular yo'l-yo'lakay bir vaqtda ECHL yarim finaliga chiqqan bir mamlakatning 3 murabbiylarga aylangan holda musobaqa rekordini qo'yishdi. Garsiya esa qo'l ostidagi kamtarin imkoniyatdan maksimal foydalandi. Maksimal sharoitdagi murabbic esa «Lion»dek kamtarin imkoniyatli jamoaga qarshi ketma-ket 3 yil takrorlagan ishini to'rtinchi yilga uzaytirib qo'ydi. Garsiya taktik g'olib, Pep esa o'rganib qolgan ishi - mag'lubiyatni tan oldi. Muhimi, barchasi haqqoniy. Munosiblar, bugun ko'proq tayyor va to'g'ri o'ynagan jamoalar cho'qqiga ko'tarilishdi.

Qatorasiga 3 yil finalda kamida bir nemis mutaxassisi (Tuxel/Nagelsmann) chiqishi aniq.

ECHL finali bizga nemischa va balki ehtimol francuzcha filmni taqdim etishi mumkin.

Yoki finalda «francuzcha-nemeckiy» serialning ikki xil janrdagi 3-seriyasiga aylanib ketish ehtimoli yo'q emas.

Komediya: «Leypcig» — «Lion»

Drama: «Bavariya» — PSJ

Istalgan scenariy qiziq.

Lekin ko'proq talab dramaga. Komediyani ECHLda tomosha qilishdan ko'ra, mavsumni dramatik tugashiga ishqibozlar ko'p.

Hozircha o'yin, natija va barqarorlik bo'yicha tushunarliki «Bavariya» boshqa olam. Yuqori daraja.

PSJ yulduzli klub, biroq o'yin tashkillashtirish va jamoaviy harakatda nemis grandi darajasida emas.

«Lion» sensaciyalar yo'lidan yurmoqda. Jamoaning holatidan kelib chiqsa, ideal natija. Lekin umumiy solishtirganda, yarim finaldagi eng kuchsizrog'i. Futbolda har doim kuchli jamoa yutmasligi va bittalik bahsda kim chiroyli emas, to'g'ri o'ynashi muhim.

«Leypcig» yosh jamoa va ECHL tarixidagi eng yosh murabbiyi bilan tarix yozmoqda. Romantik jamoa. Taktik va yorqin o'yinni umumlashtirgan variantdagi «Leypcig» Flikning fantastik «Bavariya»si bilan o'ynagan va mag'lub bo'lmagan 2020 yildagi yagona jamoa. Hozircha «Bavariya» joriy mavsum hisobidan «Leypcig»ni yutmadi va mag'lub bo'lmadi.

Orani ochiq qilish uchun ECHL finali yaxshi manzilmi?

Ideal manzil. Lekin bu manzilga qadar katta to'siq mavjud. Francuz chegarasidan nemislar o'tadimi yoki aksincha, nemislar chegarasini francuzlar bosadimi, buni vaqt ko'rsatadi.

SHunchaki aytmoqchi bo'lganim, umuman bahorda ham takidlaganim, «Bavariya»ga ko'proq loyiq raqib — «Leypcig»ga o'xshamoqda. Ularni taqdir faqat finalda uchrashtirishi mumkin. Agar uchrashtirsa.

Xullas, 3 jozibador nemischa futbol tarafdorlariga qarshi franciyalik mutaxassis qolgan hamkasblarining uslubiga zid bo'lgan, ammo kamtarin jamoasi bilan taktik yurish qilayotgan Garsiya qarshilik qilishga va sensaciyani takrorlashga urinib ko'radi.

Qizig'i, kelasi mavsum uch nemis murabbiyi boshqaruvidagi — «Bavariya», «Leypcig» va PSJ o'ynashi aniq. «Lion»ga keyingi mavsum ECHLda o'ynash huquqini beruvchi yagona yo'l — ECHL kubogini qo'lga kiritish.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика