ECHL: Bugungi o'yinlar anonsi
12 mar 2014 18:23
Yangiliklar

ECHL: Bugungi o'yinlar anonsi
Bugun ECHL 1/8 final javob uchrashuvlari bo'lib o'tadi. "Barselona" - "Manchester Siti" hamda "PSJ" - "Bayer" jamoalari o'zaro bahslashishadi.
Angliyada kechgan dastlabki o'yinda "Barselona" Manuel Pellegrini jamoasini safarda mag'lub etishni uddasidan chiqqan edi. "Barselona" jamoasi keyingi bosqichga yo'llanma olish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega. Birinchi o'yindagi g'alaba ularni imkoniyatlarini oshirib yuborgandi. O'z maydonida kechadigan bellashuvda "Barselona" ikkita to'p farqi bilan yutqazib qo'ymasa, Xerardo Martino boshchiligidagi Kataloniya klubi chorak final masalasini hal etadi.
Angliyaliklar esa bugungi o'yinda ochiq va hujumkor futbol o'ynashga majburlar. Ular agarda keyingi bosqichga chiqish uchun harakat qilishsa, Viktor Valdes quriqlayotgan darvozaga kamida ikkita to'p kiritib, o'z darvozasini quruq saqlashi zarur bo'ladi. Umuman olganda, Pellegrini shogirdlari so'nggi vaqtlarda himoyada ishonchsiz harakat qilishmoqda. "Barselona" jamoasining ham himoya chizig'ida muammolar paydo bo'lgan. Tata shogirdlari so'nggi o'yinlarda raqiblariga imkoniyatni boy berib qo'yishmoqda.
Jamoaning ichki chempionatda ham ishlari yurishmayapti. Kataloniya klubi o'yinida pasayish kuzatilmoqda. Ushbu bahs Xerardo Martino uchun sinov o'yini bo'lishi mumkin. "Barselona"ning bugungi o'yindagi natijasi uning keyingi faoliyatiga bevosita tasir ko'rsatishi mumkin. Bugungi uchrashuvda "Barselona"ga Andreas Inesta yordam bera olmasligi mumkin. "Manchester Siti"ning asosiy forvardi Serxio Aguero jarohatidan forig' bo'lgan. Argentinalik hujumchi ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk o'yinni o'tkazib yuborgandi. Kataloniyada bo'ladigan bellashuvda Manuel Pellegrini Agueroning xizmatidan foydalana oladi. Serxio bugun "Barselona" himoyachilariga haqiqiy bosh og'rig'i bo'lishi kutilmoqda.
Bugungi bahs muxlislar uchun haqiqiy futbol-shousini taqdim etishi aniq.
"Barselona" keyingi bosqich yo'llanmasini amalda bugun hal etishi talab etiladi. "Manchester Siti" jamoasida kichik bo'lsada imkoniyat saqlanib qolgan. Ular "Kamp Nou"da taqdim etiladigan 90 daqiqalik vaqtdan unumli foydalanishlari kerak bo'ladi. Amalda nima bo'lishini esa, tunda bo'lib o'tadigan super uchrashuvdan so'ng bilib olamiz.
Kunning ikkinchi uchrashuvi Franciyada bo'lib o'tadi. "PSJ" klubi o'z maydonida "Bayer"ni qabul qiladi. Ushbu to'qnashuv taqdiri deyarli hal bo'lgan desak ham bo'ladi. Sababi, "Bayer" o'z maydonida "PSJ" klubidan to'rtta to'p o'tkazib yuborgandi. O'z maydonida g'alabaga erisha olmagan ushbu jamoa, safarda Parij jamoasi darvozasiga kamida to'rtta gol kiritishi bu juda ham qiyin masala. Futbolda sensaciyalar ko'p uchrab turadi. Lekin bugun Parijda sensaciya ko'rishga hech kim ishonmasa kerak. Sami Xyuyupya jamoasi asosan bugun klub imiji uchun harakat qilishlari tabiiy. Loran Blan esa bugun asosiy tarkib futbolchilariga dam berishi mumkin. Nima bo'lgan taqdirda ham, bu o'yin tomoshabop kechishi aniq. "PSJ" jamoasi asosan hujumkor va tomoshabop o'yin ko'rsatib kelmoqda. O'z maydonida kechadigan bellashuvda Loran Blan jamoasi o'z muxlislariga chiroyli futbol namoyish etib berishni maqsad qilishgan.
CHempionlar ligasi, 1/8 final javob bahslari.
12 mart, chorshanba.
"Barselona" - "Manchester Siti" (00:45 "Sport", "NTV-PLYUS Futbol")
"Kamp Nou".
Hakamlar: Stefan Lannua, Frederik Kano, Mishel Annone.
Taxminiy tarkiblar
"Barselona": Valdes, Alba, Alvesh, Pike, Puyol, Buskets, Fabregas, Xavi, Pedro, Sanches, Messi.
"Manchester Siti": Xart, Kolarov, Kompani, Sabaleta, Leskott, Silva, Fernandino, Yaya Ture, Nasri, Jeko, Aguero.
Birinchi uchrashuv: 2:0
"PSJ" - "Bayer" (00:45 "NTV-PLYUS Futbol2")
"Park de Prens".
Hakamlar: Ivan Bebek, Tomislav Petrovich, Mimo Grgich.
Taxminiy tarkiblar:
"PSJ": Sirigu, Aleks, Silva, van der Vil, Matyuidi, Veratti, Moura, Motta, Ibragimovich, Lavezzi.
"Bayer": Leno, Xilbert, Topraq, Vollshayd, Jan, Sem, Kastro, Raynartc, Rolfes, Kissling, Son Xin Min.
Birinchi uchrashuv: 4:0
SHahboz Beg'amov

Fikrlar