So’nggi yangiliklar

22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  4 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  7 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  25

DXX kubogining final bahslari start oldi Yangiliklar

DXX kubogining final bahslari start oldi

Teglar :  DXX Kubogi
“Bunyodkor” o'quv-mashg'ulot maydonlarida DXX kubogining final bahslari bo'lib o'tmoqda.

2021 va 2022 yillarda respublika yoshlari o'rtasida futbol hamda mini-futbol bo'yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari o'tkazildi. 

Yoshlar o'rtasida katta qiziqishga sabab bo'layotgan mazkur ommaviy sport tadbirining nufuzi va geografiyasi tobora ortib bormoqda. SHu bois, musobaqani ananaviy tarzda o'tkazib borish va kelgusida qizlar o'rtasida ham mini-futbolni rivojlantirish kabi muhim vazifalar belgilab olingan edi.

Ushbu maqsadda joriy yilda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o'g'il bolalar o'rtasida futbol va mini-futbol hamda ilk marotaba qizlar o'rtasida mini-futbol bo'yicha DXX kubogi musobaqalari uch bosqichda o'tkazilmoqda.

  • Birinchi bosqich – tuman va shaharlar kesimida aprel-may oylarida o'tkazildi.
  • Ikkinchi bosqich – Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida iyun-iyul oylarida o'tkazildi.

Takidlash lozimki, bu yilgi DXX kubogi musobaqalari respublika bo'yicha 250 ming nafardan ortiq yoshlarni qamrab oldi. Ikkinchi bosqich yakuni bo'yicha 365 nafar iqtidorli yoshlar aniqlanib, hozirda ularni mahalliy futbol klublarga jalb qilish choralari ko'rilmoqda.

SHuningdek, bu yilgi musobaqalar doirasida respublika bo'yicha 98 ta futbol maydonlari va sport obektlari tamirlandi.

Respublika bosqichi  21-25 avgust kunlari “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida, final o'yini esa 26 avgust kuni “Jar” stadionida o'tkaziladi. Unda 42 ta jamoa g'oliblik uchun kurashadi.


Respublika bosqichida – o'g'il bolalar o'rtasida futbol va mini-futbol bo'yicha g'olib bo'lgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-o'rinni egallagan jamoalar uchun universal sport maydoni (basketbol va voleybol o'yinlari uchun mo'ljallangan), 3-o'rinni egallagan jamoalar mahallasiga “Stritbol” (bir savatli ko'cha basketboli) sport maydoni qurib beriladi.

Qizlar musobaqasida g'olib va sovrindor bo'lgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.





Bugun-erta tongdan mini futbol va futbol bo'yicha bahslar bo'lib o'tadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика