So’nggi yangiliklar

14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  30 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  28

Dunyoning eng qimmat himoyachilari Yangiliklar

Dunyoning eng qimmat himoyachilari

Hujumchilar tushiga kiruvchi "qo'rqinchli" yigitlar.

Bazan ular real hayotda ham to'qnash keladi.

10. Serxi Roberto (25 yosh)
Klub: “Barselona”
Fuqaroligi: Ispaniya
Narxi: 40 mln evro

Roberto hatto Pikeni ortda qoldirib, 2016/17-yilgi mavsumning eng yaxshi kataloniyalik futbolchisi deb tan olingan edi. Serxi Robertoning shartnomasi 2019 yilning yozigacha amal qiladi. “Barcelona” himoyachiga faoliyatining so'nggigacha kelishuv taklif qildi. Futbolchi bu taklifga aniq javob bermay, klubga qarama-qarshi shartlarini bildirdi.


9. Kalidu Kulibali (26 yosh)
Klub: “Napoli”
Fuqaroligi: Senegal
Narxi: 40 mln evro

Napoli butun Italiya o'rganib qolgan “Yuventus” gegemonligini yo'qqa chiqarmoqda. Asosan Kulibalini deb neapolliklar nafakat hisob, balki kam gol o'tkazib yuborish bo'yicha ham birinchi o'rinni egallab oldilar. Senegallik markaziy himoyachiga “Barcelona” va “CHelsi” doimiy ravishda davogarlik qilmoqda.


8. Kayl Uoker (27 yosh)
Klub: “Manchester Siti”
Fuqaroligi: Angliya
Narxi: 40 mln evro

Uoker — ro'yxatimizning eng yaxshi himoyachisi. “Tottenxem” tarkibida 229ta o'yinda ishtirok etgan, yozda esa “Manchester Siti”ga o'tdi va klub bilan besh yilga shartnoma imzolab, ikkinchi raqamli futbolka egasi bo'ldi. Londonliklar futbolchi uchun 51 million evro olgan. Gvardiolani baqirishlari zoe ketib, futbolchi uni eshitmasa, murabbiy gaplarini “BallBoy” orqali aytib yuboradi.


7. Samuel Yumtiti (24 yosh)
Klub: “Barselona”
Fuqaroligi: Franciya
Narxi: 40 mln evro

Yumtiti dekabr oyida son qismidan jarohat olgani sababli maydonga tusha olmayapti. "L'Equipe" o'quvchilari ovoz berish natijalariga ko'ra, himoyachi ramziy terma jamoaga kiritildi. “Barselona” bazi boy ingliz klublari himoyachiga 56,3 million evro tovon puli to'lab, uni o'zlariga og'dirib olishidan xavfsiramoqda. Amaldagi shartnoma vaqti tugaguniga qadar hali 3,5 yil bor. SHunday bo'lsa-da, kataloniyaliklar futbolchi bilan shartnoma muddatini uzaytirishni xohlashmoqda.


6. Benjamin Mendi (23 yosh)
Klub: “Manchester Siti”
Fuqaroligi: Franciya
Narxi: 40 mln evro

O'tgan yili “Monako” tarkibida Franciya chempionatida g'olib bo'lgan Mendi yozda APLga jo'nab ketgan edi. Natijada, “Siti”da yangi Mendi — Otamendi juftligi hosil bo'ldi. Ammo, ular bor yo'g'i 4ta o'yinda to'p tepishdi. Benjamin sentyabrda jarohat oldi va aprelgacha safdan chiqdi.


5. Joshua Kimmix (22 yosh)
Klub: “Bavariya”
Fuqaroligi: Germaniya
Narxi: 40 mln evro

Kimmix ro'yxatimizning eng yosh himoyachisi hisoblanadi. U klubda ham, milliy termada ham juda ajoyib o'ynaydi. Saralash bosqichida 10ta o'yinda qatnashib, 9ta golli pas etkazib berdi. Ha-ha, gap aynan himoyachi haqida ketmoqda.


4. Rafael Varan (24 yosh)
Klub: “Real”
Fuqaroligi: Franciya
Narxi: 40 mln evro

Varan “Real”da turli kunlarni boshidan o'tkazdi. Bazan omadli uchrashuvlar va g'alabaga erishsa, bazan jarohatlar, o'ta omadsiz o'yinlar guvohi bo'ldik uning ijrosida. Hozir u nisbatan ko'proq, muntazam maydonga tushyapti, ammo inqiroz butun jamoa boshiga “chang solmoqda”. Yosh francuz intervyularidan birida aytgandi: “Bizning avlod futbolchilari uchun Zidan tengi yo'q, ilohiy odam edi”. Kim biladi deysiz, balki hozir u va tengdoshlari taajublanayotgandir. Sababi, butun dunyo Zizuning ham omadsiz davrlari bo'lishiga va hech kim bundan kafolatlanmaganiga guvoh bo'lmoqda.


3. Jon Stounz (23 yosh)
Klub: "Manchester Siti"
Fuqaroligi: Angliya
Narxi: 40 mln evro

Top-10talikda “Man Siti”ning uchinchi vakili! Endi tushungandirsiz, ikkinchi o'rindagi jamoani Pep shogirdlari nega bunchalik katta farq bilan ortda qoldirayotganini. Ammo, “Liverpul” bilan bo'lgan o'yinda ham himoyadan turib kamchiliklar borligini ko'rsatib berdi. Stounzga to'xtaladigan bo'lsak, yaxshisi bu yigitning jaxlini chiqarmagan maqul. Hattoki, siz u bilan bir jamoada o'ynasangiz ham. Masalan, avvalroq u bilan hazillashgan Rahim Sterling telefonsiz qolishiga oz qolgandi.


2. Daniel Karvaxal (26 yosh)
Klub: “Real”
Fuqaroligi: Ispaniya
Narxi: 45 mln evro

“Real” Dani Karvaxalni “Bayer”ga ketib, keyinroq 6,5 million evaziga yana Madrid tomon qaytishi uchun tarbiyalagan. 2013 yil Germaniyada uni eng yaxshi himoyachi deb etirof etishgan. Karvaxal nafaqat maydonda, balki intervyuda ham juda jizzaki yigit. “Vilyarreal” bilan o'tgan so'nggi bahsdagi mag'lubiyatdan keyin u shunday dedi: “O'yinchilar Zidan uchun maydonda jon berishga tayyorlar” va “Qirollik klubiga ishonmaydiganlarga esa “katta ko'cha”.

   

1. Virjil van Deyk (26 yosh)
Klub: “Liverpul”
Fuqaroligi: Gollandiya
Narxi: 50 mln evro

“Liverpul” himoyachi uchun rekord summa — 85 mln evro to'ladi. Bungacha tarixdagi eng qimmat himoyachi Kayl Uoker edi. Yodingizda bo'lsa, avvalroq u “shporlar” tarkibidan “Manchester Siti”ga 60 million evaziga ko'chib o'tgandi. Van Deyk debyut o'yinidayoq gol urishga muvaffaq bo'ldi. Yana Kubok doirasida Liverpul shahri derbisida “Everton” darvozasiga g'alaba to'pini aynan Van Deyk kiritdi.



Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика