So’nggi yangiliklar

15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  6 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  0 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  11 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  3 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  13 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  10 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  5 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1

Dunyodagi eng g'aroyib stadionlar Yangiliklar

Dunyodagi eng g'aroyib stadionlar

Teglar :  stadionlar
Bugun etiboringizni futbol olamidagi antiqa sport inshootlariga - o'ziga xos ko'rinishga ega stadionlarga qaratmoqchimiz: qiziqarli arxitektura g'oyalari, nostandart joylashuv hamda ularni yaratish va foydalanish paytidagi qiziqarli voqealar asosida.

"Trjni Centar" Serbiya

Belgrad nafaqat "Crvenoy Zvezda" va "Partizan" bilan mashhur, balki shahar chekkasida joylashgan "Vojdovac" bazasi bilan ham maqtana oladi. Ehtimol titullarsiz o'rtamiyona jamoaning nimasi muhimligi sizni ajablantirishi mumkin. Klubning o'ziga xos xususiyati — bu savdo markazidan boshpana topgan "Trjni Centar" stadionidir. Savdo markazi va "Vojdovac"ning xo'jayini bir kishi sanaladi, shu bois jamoaning titul homiysi xuddi shu nomdagi imorat hisoblanadi. O'z juftining so'nggi tiyinigacha xarj qilib xarid qilib bo'lishini kutishdan zerikkan erkaklarning mazmunli vaqt o'tkazishi uchun ajoyib echim mavjud - Belgrad jamoasining uy uchrashuviga besh mingga yaqin tomoshabin tashrif buyurishi mumkin.


"Ernando Siles" Boliviya

Boliviya poytaxti Las-Pasdagi ushbu obekt mamlakatni 1926 yildan 1930 yilgacha boshqargan mamlakat prezidentiga atab nomlangan. Uning ajralib turadigan xususiyati dunyodagi eng baland stadionlardan biri (dengiz sathidan 3601 metr balandlikda) maqomida ekanligidadir. Ushbu tepalikda milliy futbol terma jamoasi o'z uy uchrashuvlarini o'tkazadi. Statistikaga ko'ra, aynan shu erda Boliviya xalqaro musobaqalarda ko'p ochko to'playdi. Mehmon jamoalar uchun mahalliy sharoitga moslashish juda qiyin bo'lishi mumkin. Yuqori havo bosimi tufayli mehmon jamoalar kislorod ballonlarini o'zlari bilan olib kelib, o'yindan oldin, tanaffusda va uchrashuvdan keyin foydalanishlari zarur bo'ladi.


"Braga Munisipal" Portugaliya

30 000 tomoshabinga mo'ljallangan ushbu arena 2003 yilda, EVRO-2004 futbol musobaqasi arafasida qurilib, foydalanishga topshirilgan. Ushbu arena mahalliy "Braga" klubining uy stadioni hisoblanadi. Ehtimol, Portugaliyadagi eng jozibali sport inshootlaridan biridir, sababi:

- stadion qoyalar orasida barpo qilingan;

- stadion qurish uchun hatto toshning bir qismini yo'nishga to'g'ri kelgan;

- qarama-qarshi tribunalarning tomlari bir-biriga metall quvurlar orqali ulangan;

- tablo to'g'ridan-to'g'ri darvoza yuqorisidagi qoyaga o'rnatilgan;

- tribunadan tribunaga er osti tunnellari orqali o'tish mumkin.


"CHerny balog" Slovakiya

Ushbu maydonda mahalliy "Tatran" klubida o'z o'yinlarini o'tkazadi. Stadionning ajabtovurligi shundaki, maydon va tribuna o'rtasidan temiryo'l o'tkazilgan, yani o'yin paytida tomoshabinlar o'tib ketayotgan poezdning guvohi bo'lishi mumkin.


"Marina Bey" Singapur

Ushbu ajoyib stadion 1995 yilda qurilgan bo'lib, sig'imi 30 000 tomoshabinga mo'ljallangan. Obekt arxitektasining o'ziga xos xususiyati shundaki, maydon va tribunalar bir-biridan nafaqat "Formula-1" trekining bir qismi, balki hovuz bilan ham ajratilgan. Qiziq, nechta to'p suvga parvoz qilgan ekan?


"Mmabaxto" JAR

60 000 tomoshabinga mo'ljallangan stadionni yaratish va foydalanishga topshirish loyihasi 1981 yilda yakunlangan. Ushbu stadion birinchi navbatda xalqaro o'yinlar uchun mo'ljallangan edi. Arenaning asosiy jihati tribunalardagi yuqori sektorlarning joylashuvidadir. Ular qisman burchak ostida joylashtirilgan. Katta ehtimol bilan aynan shu jihat Janubiy Afrika futbol federaciyasining arenani 2010 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilgan stadionlar ro'yxatiga kiritishdan bosh tortishiga sabab bo'lgan. Qiziq tomoni stadion Sovet mamlakati qurilish kompaniyasi tomonidan bunyod etilgan.


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика