So’nggi yangiliklar

17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  9 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  4 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  0 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  8 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  17 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  4 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  8 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  15 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  4

U-17 Jahon chempionati. Stadionlar haqida Yangiliklar

U-17 Jahon chempionati. Stadionlar haqida

Indoneziyadagi eng katta arenadan O'zbekiston o'yinlari bo'lib o'tadigan maydongacha.

Indoneziya mezbonligi ostida o'tadigan U-17 Jahon chempionati boshlanishiga bir necha kun qoldi. Saytimiz ijodkorlari imkon qadar musobaqaga doir malumotlar va fikrlarni etiboringizga havola qilib bormoqda. Quyida uchrashuvlar bo'lib o'tadigan stadionlar haqida to'xtalib o'tamiz. 


Jakarta. "Jakarta xalqaro stadioni"

2022 yil aprel oyida Indoneziya poytaxtida qad rostlagan mazkur arena turnirdagi eng yangi o'yingoh hisoblanadi. O'tgan yili ushbu maydonda "Barselona" va "Atletiko Madrid" yoshlar jamoalari xalqaro turnir finalida kuch sinashishgan. Bu stadionda avval faqat o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilgan bo'lib, ilk bor xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi. Stadionning sig'imi 82 000 nafar tomoshabinga mo'ljallangan bo'lib, mamlakatdagi eng katta stadionlar ro'yxatida birinchi o'rinda turadi. Jakartadagi o'yingohda Jahon chempionatining "S", "E" guruh uchrashuvlari, "D" guruhidan o'rin olgan 1ta, "F" guruhidagi 1ta, nimchorak va chorak finalning 2ta o'yinlarini o'zida qabul qiladi. 

"S" guruhi

11 noyabr 14:00 Yangi Kaledoniya - Angliya

11 noyabr 17:00 Braziliya - Eron 

14 noyabr 14:00 Braziliya - Yangi Kaledoniya

14 noyabr 17:00 Angliya - Eron 

17 noyabr 17:00 Angliya - Braziliya

"D" guruhi

17 noyabr 14:00 Polsha - Argentina

"E" guruhi 

12 noyabr 14:00 Franciya - Burkina Faso

12 noyabr 17:00 Janubiy Koreya - AQSH

15 noyabr 14:00 AQSH - Burkina Faso

15 noyabr 17:00 Franciya - Janubiy Koreya

18 noyabr 17:00 AQSH - Franciya

"F" guruhi

18 noyabr 14:00  Germaniya - Venesuela

Nimchorak final

22 noyabr 13:30

22 noyabr 17:00 

CHorak final 

24 noyabr 13:30

24 noyabr 17:00

Bandung. "Si Jalak Harupat" stadioni

Jahon chempionatini o'tkazadigan ikkinchi stadioni Bandung shaharchasida joylashgan "Si Jalak Harupat" nomi bilan ataladi. Bu arenada 2018 yilgi Osiyo o'yinlarining guruh bosqichi uchrashuvlari tashkillashtirilgan. Stadion sig'imi 30 100 kishiga mo'ljallangan. Jahon chempionatida bu arenadan "D", "F", "C", "E" guruh jamoalari va nimchorak finalning ikki uchrashuvi ishtirokchilari foydalanadi. 

 "D" guruhi 

11 noyabr 14:00 Yaponiya - Polsha

11 noyabr 17:00 Argentina - Senegal

14 noyabr 14:00 Senegal - Polsha

14 noyabr 17:00 Yaponiya - Argentina

17 noyabr 14:00 Senegal - Yaponiya

"F" guruhi 

12 noyabr 14:00 Venesuela - Yangi Zelandiya

12 noyabr 17:00 Meksika - Germaniya

15 noyabr 14:00 Meksika - Venesuela

18 noyabr 14:00 Yangi Zelandiya - Meksika

"E" guruhi 

18 noyabr 17:00 Burkina Faso - Janubiy Koreya

Nimchorak final 

21 noyabr 13:30

21 noyabr 17:00

Surakarta. "Manahan" stadioni 

Surakarta shahridagi 20 000 sig'imga ega "Manahan" stadioni O'zbekiston U-17 terma jamoasini o'z bag'riga chorlamoqda. Vakillarimiz guruhdagi barcha o'yinlarni ushbu stadionda o'tkazadi. Stadion sig'im bo'yicha Indoneziyada top ro'yxatga  kirmaydi. Tomoshagoh 1998 yilda mamlakat prezidenti Suxarto tomonidan ochilgan. "Manahan" o'yingohi 14ta uchrashuv, yarim final va final o'yinlariga mezbon vazifasini o'tab beradi.

"B" guruhi

10 noyabr 14:00 Mali - O'zbekiston

13 noyabr 14:00 Ispaniya - Mali 

13 noyabr 17:00 O'zbekiston - Kanada

16 noyabr 14:00 O'zbekiston - Ispaniya

"A" guruhi 

16 noyabr 17:00 Ekvador - Panama

Nimchorak final

20 noyabr 13:30 

20 noyabr 17:00 

CHorak final

25 noyabr 13:30

25 noyabr 17:00

Yarim final

28 noyabr 13:30 

28 noyabr 17:00

Uchinchi o'rin uchun 

1 dekabr 17:00

Final 

2 dekabr 17:00


Surabaya. "Gelora Bung Tomo" stadioni

Indoneziyada sig'imi bo'yicha uchinchi o'rinda turuvchi stadion hisoblanadi. 2008 yil 1 yanvarida qurilishi boshlangan arena 2010 yil 11 avgustda rasman ochildi. Qurilish uchun jami yuz ming Indoneziya rupiyasi sarflangan. 2021 yilda stadion qayta rekonstrukciya qilindi va Jahon chempionatiga tayyor holatda topshirildi. Bu maydonda Jahon chempionatida eng kam 3ta uchrashuv guvohi bo'lamiz. 

"A" guruhi

16 noyabr 14:00 Kanada - Mali

Nimchorak final 

21 noyabr 17:00 

21 noyabr 13:30


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика