So’nggi yangiliklar

11:48Одил Абдумажидов: "Андижонда – яқинларим кўз ўнгида тўп тепиш бошқача завқ бағишлайди"  0 11:21Каннаваро Ўзбекистон МТЖ футболчисининг ўйинини стадиондан томоша қилди  3 10:55"Хоразм" яна уч нафар футболчиси билан янги шартномалар имзолади  1 10:31"Нефтчи" яна уч нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  2 10:16Трансфермаркт нашри 2025 йилда энг кўп нархи тушган футболчилардан иборат рамзий терма жамоани тузиб чиқди  0 09:50"Сепахон" менежери Игорь Сергеев ҳақидаги саволга жавоб берди  4 09:23Туркия Суперлигаси. Шомуродов яна бир кўрсаткичда етакчилик қилмоқда  2 08:56Ўзбекистон МТЖ ЖЧ олдидан сўнгги йиғинини қачондан бошлаши маълум  0 08:30Ўзбекистонлик футболчи Қозоғистон чемпионатида тўп тепган легионерлардан иборат рамзий терма жамоадан ўрин олди  0 08:03Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин  19 07:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси футболчиси "Брага"да?  4 02:40А Серия. "Интер" қийин ўйинда Бергамода "Аталанта"ни минимал ҳисобда мағлуб этди ва жадвалда биринчи ўринга кўтарилиб олди  9 01:49Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди  20 23:30АПЛ. Грейнинг голи "Тоттенхэм"га Лондон дербисида ғалаба тақдим этди  0 23:12Дембеле Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  12

PFL stadionlar agronomlari bilan maydonlar masalasida uchrashuv o'tkazdi Yangiliklar

PFL stadionlar agronomlari bilan maydonlar masalasida uchrashuv o'tkazdi

Teglar :  PFL Stadionlar
Kecha - 15 yanvar kuni Superliganing 2024 yilgi mavsumiga mezbonlik qiladigan stadionlar nomiga oydinlik kiritilgandi.

Xabar chiqqan bir vaqtda Liga stadionlar agronomlari bilan uchrashuv o'tkazdi.



Superliga-2024. Klublar mavsumni qaysi stadionda boshlashi aniq bo'ldi

Sifatli maydonga ega bo'lish oson jarayon emas. SHuningdek, maydonni sifatli ko'rinishda saqlay olish yanada murakkab vazifa hisoblanadi. SHunga qaramay, ayrim futbol klublari mazkur masalaga bepisand munosabatda bo'lib kelmoqda. Jumladan, Buxoro va Andijon shaharlaridagi stadionlarni qisqa vaqt ichida yangisiga almashtirishga to'g'ri keldi. Masalaga noto'g'ri yondoshuv, soha mutaxassislarining etishmovchiligi va ayniqsa, futbol klublarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning o'z vazifasiga yondoshuvi bir necha milliard isrof bo'lishiga olib keladi.

"Lokomotiv" stadioni 2024-yilning ikkinchi yarmidan Superliga o'yinlarini qabul qila olmaydi

Uchrashuv davomida quyida masalalar muhokama qilindi:

• futbol maydonini Liga talab qilayotgan ko'rinishda saqlab turish uchun u yil davomida qanday parvarish qilinishi lozim;
• futbol maydoni parvarishi uchun unga qanday va minimum necha nafar mutaxassis biriktirilishi lozim;
• futbol maydoni rasmiy uchrashuv oldidan qanday tayyorlanishi va o'yindan keyin nimalarga etibor qaratilishi lozim;
• ehtimoliy kuz-bahor mavsumiga o'tish jarayonida maydonlar holati yuzasidan nimalarga etibor qilish lozim.

"Dinamo" mavsumni Samarqandda boshlay olmaydi

Zamonaviy futbol maydonlarini yil davomida yaxshi holatda ushlab turish uchun malum miqdorda harajat qilinadi. Misol uchun, Evropaning mashhur stadionlari parvarishi uchun qancha mablag' sarf etilishini o'rganish mumkin. Yaxshi maydonsiz sifatli futbol yo'q. Yaxshi mutaxassis ham sifatsiz maydonda sifatli futbolni kafolatlay olmaydi. Bizning sharoitda esa ayrim futbol klublari bitta futbol maydonini parvarish qilish uchun bitta murabbiyning bir oylik ish haqi miqdorida ham mablag' ajratmayotgan holatlar mavjud. Yoki aksincha, smetada futbol maydoni parvarishi uchun ajratilgan va aslida etarli bo'lishi ko'zda tutilgan mablag' boshqa maqsadlar yo'lida sarf etilishining oqibatida, futbol maydonlari aziyat chekadi.

Navoiydagi "Yoshlar SM" Superliga uchrashuvlarini o'tkaza olmaydi

SHundan kelib chiqib, yuqorida ko'rilgan to'rt masala yuzasidan quyidagi qarorlar qabul qilindi:

• futbol maydonini sifatli saqlab turish bir yil uchun tahminan qanchaga tushishi belgilab olinadi va mazkur masala harajatlar smetasida o'z aksini topadi;
• futbol maydoni parvarishi uchun klub (stadion) shtat birligida mavjud mutaxassislar soni nazoratga olinadi;
• futbol maydoni rasmiy uchrashuv oldidan qanday tayyorlanishi va uning texnik parametrli reglamentda aniq ko'rsatiladi;
• ehtimoliy kuz-bahor mavsumiga o'tish masalasi kun tartibiga chiqquniga qadar, maydonlar masalasida chimning sovuq ob-havoga ham chidamli bo'lishi masalasiga etibor qaratiladi.

Liga futbol maydonlariga bo'lgan talab aniq reja va harakatlar bilan tartibga solinishini monitoring qilishda davom etadi.

"Surxon arena" stadionida tamirlash ishlari qanday ketmoqda?



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика