So’nggi yangiliklar

09:48Флик "Барселона"нинг "Леванте"га қарши ўйинига муносабат билдирди  0 09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  0 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  0 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  10 07:24МЛС. Мессисиз "Интер Майами" мусобақа аутсайдерини мағлуб эта олмади  2 07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  62 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  5 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  2 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  10 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4

Dramatik kechgan bahsda g'olib nomi aniqlanmadi Yangiliklar

Dramatik kechgan bahsda g'olib nomi aniqlanmadi

Braziliyada o'tayotgan mundial o'zining har bir o'yinlari bilan futbol muxlislari qalbidan muqim joy egallamoqda.

Jahon chempionatida oddiy yoki kuchsiz jamoalar bo'lmaydi. Bu aniq. Lekin kuchli jamoalarning bir qator kutilmagan natijalari va autsayder hisoblangan terma jamoalarning muvaffaqiyatli o'yinlari shu qadar ko'pki qaysini etirof etishni bilmaysiz. Hali mundialning endigina 2-tur o'yinlariga yakun yasaldi. Oldinda eng muhim pallalar va hal qiluvchi bahslar bizni kutib turibdi.


"G" guruhidan o'rin olgan Portugaliya va AQSH jamoalari ikkinchi turda o'zaro bahs olib borishdi. Portugaliya ilk turda Germaniyaga yirik hisobda taslib bo'lgandi. AQSH esa Gana ustidan irodali g'alabani qo'lga kiritgandi.

AQSHdan farqli ularoq, Portugaliyani faqat va faqat g'alaba qanoatlantirardi.  AQSH g'alaba qozongudek bo'lsa, muddatidan avval keyingi bosqich yo'llanmasini hal etardi.

Uchrashuv debyutidayoq AQSHlik himoyachining xatosidan Nani unumli foydalandi va hisobni ochishga erishdi, 0:1.

Birinchi bo'limda biroz ustunlikka erishgan Portugaliya tanaffusga g'olib holda chiqib ketdi.

Ikkinchi taym esa AQSH o'yini yanada kuchaytirildi va o'yinning 64-daqiqasiga kelb Jonsning uzoqdan yo'llagan zarbasi to'g'ridan-to'g'ri raqib darvozasidan o'rin oldi, 1:1.

Bu hisob Portugaliyani qoniqtirmasligi bois, jamoa asosiy etiborni hujumga qaratishga majbur bo'ldi. Zaxiradan hujumkor yarim himoyachi Varela tushirildi. Lekin Tim Xovard darvozasi oldida chinakamiga xavfli vaziyatlar soni kamchilikni tashkil etardi.

81- daqiqada Portugaliyaga gol kerak bo'lib turgan bir vaziyatda, Klint Dempsi AQSH foydasiga gol kiritdi va jamoasi hisobda oldinga olib chiqdi,  2:1.

Voqealar rivoji bunday tus olishini kutmagan Portugaliya jamoasi bor diqqat-etiborini yana oldinga qaratdi. Krishtiano Ronaldo, Nani, Varela, Eder kabi futbolchilarni AQSH himoyachilari bekitib qo'ya olishayotgan edi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan so'nggi daqiqa o'tib borayotgan bir paytda Krishiano Ronaldo o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichida turgan Varela tomon uzatdi. O'z "o'lja"sini kutib turgan Varela bu vaziyatda aniq harakat qilib, boshi bilan to'pni Tim Xovard darvozasiga joylab qo'ydi, 2:2.

Portugaliya uchun qoniqarli natija bo'lmasada, Varelaning ushbu goli ularni biroz bo'lsada umid uchqunlarini olib qoldi va mundialni erta tark etishlariga "so'roq" belgisini qo'ya oldi. 


"G guruhining ikki etakchi jamoasi Germaniya va AQSH hisobida to'rttadan ochko bo'lsa, Gana va Portugaliya aktivida bitta ochko bor. So'nggi hal qiluvchi turda Gana va Portugaliya, Germaniya va AQSH terma jamoalari kuch sinashishadi.

Aynan shu uchrashuvlardan so'ng, qaysi jamoa keyingi bosqichga yo'l olishi oydinlashadi.


JCH-2014. “G” guruhi. 2-tur

AQSH - PORTUGALIYA 2:2
Manaus. “Amazoniya” stadioni.
Bosh hakam
: Nestor Pitana (Argentina)

Gollar
: Nani (5), Jons (64), Dempsi (81), Varela (90)

AQSH: Xovard, Bredli, Besler, Bisli, Dempsi (Vondolovski, 88), Bedoya (Yedlin, 72), Jons, Bekerman, Zusi (Gonzales, 90), Kamerun, Jonson.

Portugaliya: Beto, Bruno Alvesh, Velozo, Ronaldo, Moutino, Kosta, Meyrelesh (Varela, 69), Nani, Almeyda (Karvalo, 46), Pereyra, Poshtiga (Eder, 16).

Ogohlantirish
: Jons (76)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика