So’nggi yangiliklar

18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  1 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  0 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  7 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  5 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  14 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  2 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  20 12:17Мауро Брасил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12

Dragan CHeran: "Ozarboyjon? Men O'zbekistonda baxtliman, Arveladzening ham "Paxtakor"da qolishi aniq" Yangiliklar

Dragan CHeran: "Ozarboyjon? Men O'zbekistonda baxtliman, Arveladzening ham "Paxtakor"da qolishi aniq"

"Paxtakor"ning chernogoriyalik futbolchisi Dragan CHeran Ozarboyjon nashriga intervyu berdi.

Ozarboyjonning "Azerisport" nashri yurtimizda faoliyat ko'rsatayotgan chernogoriyalik Dragan CHeran bilan qilgan suhbat chog'ida uning Ozarboyjondagi faoliyati, "Paxtakor"dagi ishlari hamda SHota Arveladzening "Neftchi"ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh oldi.

- "Paxtakor"dagi ishlaringiz qanday kechmoqda?

- Mavsum men va jamoa uchun ajoyib o'tmoqda. "Paxtakor" OCHLda yomon taassurot qoldirmadi, yaxshi ishtirok etdik. Allaqachon mamlakat chempionligi va kubogini qo'lga kiritdik. O'zim ham mavsum davomida ko'plab gollar urishga muvaffaq bo'ldim. SHu boisdan ham joriy mavsumni juda yaxshi o'tmoqda, deyishga to'la asoslar etarli.

- O'zbekiston chempionatida faoliyat yuritayotganizga 3 yil to'ldi. Ligani o'zgartirish fikri tug'ilmadimi?

- Yo'q. Hozircha chempionatni o'zgartirish rejasi tug'ilgani yo'q. Men O'zbekistonda baxtliman.

- Ozarboyjon premer ligasiga qaytish ehtimoli bormi?

- Ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Balki qachondir Ozarboyjonga qaytishim mumkindir, kim biladi deysiz.

- Ozarboyjon klublaridan takliflar tushdimi?

- Bazi jamoalardan takliflar keldi. Lekin "Paxtakor"da qolishni va O'zbekistonda yashashni afzal ko'rdim.

- Ozarboyjon chempionatida ikki mavsum to'p tepgansiz. O'zbekiston ligasi bilan taqqoslay olasizmi?

- O'ylashimcha, Ozarboyjon va O'zbekiston chempionatida saviya va daraja borasida bir xil. Ikkala ligada ham futbol o'ynash oson emas. 

- "Simurg'" jamoasida o'ynab yurgan paytingizda "Qorabog'"ga o'tish varianti tug'ilgandi. Lekin o'shanda "Qorabog'"ga o'tmaganingizdan afsuslanmaysizmi?

- Ha, meni "Qorabog'" o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan. Lekin ular oz pul evaziga yaxshi forvardni qo'lga kiritishni istashgandi. Men esa tabiiyki bunga ko'nmaganman.

- Aytishlaricha, sizni o'shanda rezerv futbolchi sifatida ko'rishgan. Balki shuning uchun "Qorabog'"ga o'tmaslikka qaror qilganmidingiz? Agarda yana Gurban Gurbanov bilan ishlash imkoniyati tug'ilsa bundan foydalanarmidingiz?

- Ha, men o'shanda zaxirada qolishni va o'yinga so'nggi 20-25 daqiqalikda tushishni istamaganman. "Simurg'"da hammasi yaxshi ketayotgandi, futbolchi sifatida ancha o'sishga ham erishganman. Gurban Gurbanov juda yaxshi mutaxassis. Bejizga Ozarboyjonda qatorasida 7 yildan buyon eng yaxshi emas. 

- Ayni paytda "Paxtakor" rulidagi SHota Arveladze Bokuning "Neftchi" jamoasiga kelishga yaqin bo'lgan. Agarda o'shanda Arveladze "Neftchi"ga kelsa, unda siz ham Arveladzeni ortidan Ozarboyjonga qaytgan bo'larmidingiz?

- Bu hammasi mish-mish. SHota Arveladze "Paxtakor"da qolishi aniq.

- Oxirgi paytlarda chempionatimiz intrigasi tushib borayotgani, unga avvalgidek qiziqish yo'qligi aytilmoqda. Qo'shimchasiga "Simurg'", "Baki", "Xazar-Lyankyarana" yo'q...

- Raqobat juda kam. Sanab o'tgan jamoalaringiz yo'q. Bularni esa mehmonda mag'lub etish juda qiyin masala bo'lgan.

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика