Dragan CHeran: "Muxlislarning maydonga turli xil buyumlarni uloqtirishi futbolga xos emas"
15 sen 2018 14:54
Yangiliklar
Dragan CHeran: "Muxlislarning maydonga turli xil buyumlarni uloqtirishi futbolga xos emas"
Jangovar durang 3:3 hisobida yakuniga etgan bellashuvdan so'ng mehmonlarning serbiyalik legioneri Dragan CHerandan o'yin haqidagi fikrlarini yozib oldik.
"Juda yaxshi atmosfera va shunga mos ajoyib o'yin. Raqib har doimgidek g'alaba qozonish uchun taraddud ko'rgan. O'ylashimcha, biz yaxshiroq o'ynadik. SHunchaki, biroz omadimiz kelmadi. Standart vaziyatlardan ikkita gol o'tkazib yubordik, shuni ustida ishlashimiz kerak.
Bugun mana shunday keskin o'yinni kutgan edik. Ular uyda mana shunday futbol ko'rsatishadi, ularning uslubi shunday. Lekin, bugun ularga omad kulib boqdi.
Muxlislar "Navbahor"ni odatdagidek qo'llab-quvvatlab turishdi, ular hamisha shunday. Lekin, bugun ular biroz noprofessional harakatlarni amalga oshirishdi. Maydonga elim idishlar va yana boshqa buyumlarni uloqtirishdi. Menimcha, bu holat uchun jarima qo'llash kerak. CHunki, bu futbol emas, futbolga xos holat emas.
O'yindan so'ng kiyinish xonasida videoyozuvni ko'rdik. Masharipovni goli hisoblanmagan vaziyatda Jalol hech qanday offsaydda emas edi. Bu yaqqol ko'rinib turibdi. Afsus...", - deya fikrlariga yakun yasadi CHeran.
Eslatib o'tamiz, Dragan "sherlar"ning o'yindagi birinchi goliga mualliflik qilgan edi.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi
Fikrlar