Doston Tursunov: "Jahon chempionatiga borishni maqsad qilganman"
25 jan 08:05
Yangiliklar
Doston Tursunov: "Jahon chempionatiga borishni maqsad qilganman"
O'zbekiston milliy terma jamoasining bu yig'inida legionerlarimizdan Doston Tursunov ishtirok etmoqda.
Gonkong chempionatida o'ynayotgan futbolchi terma jamoa haqida fikrlarini bildirdi.
"Oxirgi martta terma jamoaga 2021 yil chaqirilgandim. Jarohatdan keyin qaytish qiyin bo'ldi, juda sog'ingandim. O'zimni yaxshi ko'rsatib, Jahon chempionatiga borishni maqsad qilganman.
Kannavaroning ish uslubi alo darajada, o'zi himoyachi bo'lgan. Bilmaganlarimizni o'rgatmoqda. 3 kun mashg'ulot o'tkazdik, sekin-asta ko'nikib boramiz.
Husniddin Aliqulovga juda achindim. Bunday jarohat o'zimda bo'ldi, tiklanish qiyin kechdi. Sog'lik tilayman, tezroq safga qaytsin deb qolaman. U ajoyib himoyachi",- deydi Doston Tursunov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar