Luis Enrike: "Og'ir o'yinda xarakter ko'rsatdik"
27 noy 23:50
Yangiliklar
Luis Enrike: "Og'ir o'yinda xarakter ko'rsatdik"
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike ECHL umumiy guruh bosqichi 5-turi doirasida "Tottenxem"ga qarshi o'yin yakunlari haqida to'xtaldi.
"Biz xarakter ko'rsatdik. Raqib oddiy emasdi, qiyin o'yin bo'ldi. "Tottenxem" zo'r o'ynadi, ayniqsa birinchi bo'limda. Ular yaxshi himoyalanishdi.
Vitinya ham jamoa kabi o'smoqda. Agarda individual sovrinlar yutishni istasang, albatta, jamoaviy sovrinlar yutish kerak. U boshqacha futbolchi. Vitinya uchun xursandman, u yaxshi mehnat qilmoqda, hatto gol o'tkazib yuborsak ham xarakter ko'rsatishga harakat qiladi. U qiyin paytda penaltidan gol urdi. Uning jamoada ekanligidan mamnunmiz", - dedi Enrike.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
ЕЧЛ. Учта голи ҳисобланмаган "Челси" 10 киши қолган "Барселона"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет бешинчи учрашувда дуранг ўйнади ва гуруҳдан чиқиш имкониятини сақлаб қолди
МЛС. Мессининг супер ўйини "Интер Майами"ни ярим финалга олиб чиқди
Fikrlar