So’nggi yangiliklar

23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  0 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:19Саудия Арабистонида марказий ўйин: "Ал Аҳли" - "Ал Ҳилол" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  5 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  16 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  9 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2 19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  21 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  19 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3

Doniyor Ismoilov: "Ikkinchi bo'limda o'yinimizni kuchaytirish hisobiga g'alaba qozondik" Yangiliklar

Doniyor Ismoilov: "Ikkinchi bo'limda o'yinimizni kuchaytirish hisobiga g'alaba qozondik"

Pro liganing 9-turidan o'rin olgan "Oq-tepa - "Turon"(2:3) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Doniyor Ismoilovning fikrlari bilan qiziqdik.

Malumot o'rnida Doniyor Ismoilov mazkur bahsda jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.

"Qiyin o'yin bo'ldi. Ko'rdingiz, dastlabki 20 daqiqada himoyaga o'tirib qoldik. Ikkita goldan so'ng o'zimizga kelib oldik va hujumlar uyushtirishni boshladik. Birinchi bo'limda raqibning bosimiga tura olmadikmi yoki kuchimiz etmadimi bilmadim. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytirishdi deb o'ylayman.

Murabbiyimiz kiyinish xonasida o'z maslahatlarini va ko'rsatmalarini berdilar. Qo'rqmasdan oldinga o'tishimizni, raqibdan kam joyimiz yo'qligini va bizga ishonishlarini aytdilar. Boshqa narsalarga etibor bermasdan o'zimizning o'yinni o'ynadik va g'alaba qozondik.

O'yinning ohirgi daqiqalari yaqinlashgan sari tezkorlikni kuchaytirdik. Bosim va hujumlarni oshirdik. Birinchi bo'limda to'pni oldinga tepib yuborib ko'p xatolar qildik. Oldinga tepib yuborishining foydasi yo'q. Pas bilan harakat qilgan maqsadga muvofiq. Tanaffusdan keyin murabbiylarimizni ko'rsatmalarini bajarishga, ular istagan o'yinni ko'rsatishga harakat qildik.

"Oq-tepa" ham pas o'ynaydi. Uzun va qisqa paslar orqali hujum tashkil qiladi. Balki, ular charchab qolishgandir. Birinchi bo'limda ular g'alabaga munosib o'yin ko'rsatishdi. Biz esa ikkinchi bo'limda o'yinimizni kuchaytirish hisobiga g'alaba qozondik",- deydi Doniyor Ismoilov.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика