So’nggi yangiliklar

01:54ОФК йилнинг энг яхшиларини эълон қилди  4 01:11"Forbes" йилнинг энг кўп маош олувчи футболчилари рейтингини эълон қилди  0 00:47Рўзиқул Бердиев: "Фабио Каннаваронинг ўйинга келгани ёқимли. Бироқ бу қаердадир ҳалақит қилиши ҳам мумкин"  0 00:31Пикфорд клуби билан шартномасини узайтирди  0 00:13Рафинья "Реал"га қарши ўйнаши мумкин  0 23:51Қозоғистонда футболчи ўйин вақтида вафот этди  2 23:18Баҳром Ҳайдаров: "Камида дуранг билан қайтишни ният қилгандик"  2 21:50Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик учрашувида Қозоғистондан устун келган ўйиндан галерея  0 21:25Суперлига. "Насаф" ўз майдонида "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  60 20:23"Ўзбекистон бу салоҳияти билан 3-4 маротаба Жаҳон чемпионатига чиқиши керак эди" — Қозоғистонлик журналист Ербол Каиров билан интервью   16 19:55Сульшер Европа жамоасида иш бошлаши мумкин  2 19:27"Барселона" ҳимоячиларидан бирига янги шартнома тайёрламоқда  1 19:01Манба: Германия клуби "Сўғдиёна" футболчисига қизиқмоқда  7 18:40Айбек Нурбаев: "Жайхун" футболчилари маҳаллий болалардан тузилган, аксарияти энди футболга қадам босган"  0 18:28Ўзбекистон футзал терма жамоаси Қозоғистон устидан ғалабага эришди  7

Doniyor Abdumannopov: "Energetik-BGU"dagi qisqa faoliyat, muxlislar qadri, "So'g'diyona"ga o'tishi va Baqoev haqida Yangiliklar

Doniyor Abdumannopov: "Energetik-BGU"dagi qisqa faoliyat, muxlislar qadri, "So'g'diyona"ga o'tishi va Baqoev haqida

"So'g'diyona" jamoasi bugundan etiboran Toshkentda yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi jizzaxliklar bugun asosan tiklanish mashqlarini olib borishdi. Jamoaning poytaxtda o'tayotgan yig'iniga kecha xabar berganimizdek Doniyor Abdumannopov kelib qo'shildi. 2021 yilning "Andijon" va Belarus chempionati vakili "Energetik-BGU"da o'tkazgan hujumkor yarim himoyachi jamoa bilan birga mashg'ulot o'tkazdi. Engil tarzda o'tgan bugungi mashqlardan so'ng Abdumannopovni suhbatga chorladik. 


- Faoliyatingizda yangi sahifa ochilishi kutilgan "Enegetik-BGU"dagi faoliyatingiz haqida gapirib bersangiz. Aftidan legioner sifatidagi ilk urinish har holda omadsiz chiqqan ko'rinadi...

- Omadsiz deyish biroz noto'g'ri. Sportda jarohat doim yonma-yon yuradi. O'zimni to'liq ko'rsatishim uchun jarohatim pand berdi. Belarus chempionatida jismoniy tayyorgarlikka professional yondoshilar ekan. Boshqa muhitda to'p tepib kerakli xulosalarni oldim. Ayniqsa muxlislar qadri juda ham bilindi. Umumiy qilib aytganda o'rganishim kerak bo'lgan narsalar ko'pligini bildim. 

- Balki jismoniy taraflama to'liq tayyor emasligingiz ham katta rol o'ynagandir. Boisi mazkur chempionatda o'ynab qaytgan futbolchilar biz aytayotgan jihat qattiq nazoratga olinishi haqida ko'p takidlashgandi...

- Xa to'g'ri aytmoqdasiz. Bu erda yuqori kuch va pressing birinchi o'rinda turar ekan. Men bunga tayyor edim. Ammo futbolchiga bog'liq bo'lmagan sabablar ham mavjud. Ob-havo, mahalliy sharoitga moslashish sabablari pand berdi. 

- Jarohatingiz borligini bilar edik. Odatda O'zbekiston chempionatida futbolchilar ukol bilan bo'lsa ham maydonga chiqib jamoaga yordam berishadi. Keyin esa jarohatlarni o'rni chiqib kelaveradi. Mana shu omil legionerga aylangan futbolchilarimizga tasir qilmayaptimikin? 

- Menimcha tasir qiladi. Baribir tabiiylikka hech narsa etmaydi. Bu shaxsiy fikrim. Albatta men mutaxassis emasman. SHuni angladimki, futbolchi iqlim, taom va boshqa narsalarga moslashuvchan bo'lishi lozim. 

- "So'g'diyona"ga qo'shilishingiz jarayonlari va tafsilotlari bilan o'rtoqlashsangiz...

- Bosh murabbiy Ulug'bek aka o'zlari taklif bilan chiqdilar. Ampulam yaqqol hujumchi bo'lmasada, hujumkor yarim himoyachiman. Ulug'bek Baqoev tarixda kuchli hujumchilardan biri bo'lganlar. Ulardan ko'p narsa o'rganib jamoaga foyda keltiraman, deb umid qilaman. Maqsadim yanada o'sishga erishish. 

- "Andijon"ning muvaffaqiyatsizligi va Pro ligaga tushib ketgani sizni ham befarq qoldirmagan bo'lsa kerak...

- Jamoa yanada kuchli bo'lib Superligaga qaytishiga ishonaman. Yuqori o'rinlar uchun harakat qiladigan jamoaga aylanishini tilayman.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика