So’nggi yangiliklar

17:51ФИФАда ЖЧ-2030ни 64 та жамоагача кенгайтириш масаласи кўриб чиқилди  6 17:28Жиру Дембеле ҳақида: "Терма жамоада у "Олтин тўп" эгаси бўлиши мумкин деб ўйламаганман"  0 16:25Пролига. "Жайхун" - "Олимпик-Mobiuz" 3:2  1 16:00Миржалол Қосимов ҳеч қачон "Андижон"га ютқазмаган   5 14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  3 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  4 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  14 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  4 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  2 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  9 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  6 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0

Doniyor Abdumannopov: "Bobur Arena"dagi atmosferani so'z bilan tariflash qiyin" Yangiliklar

Doniyor Abdumannopov: "Bobur Arena"dagi atmosferani so'z bilan tariflash qiyin"

"Andijon" klubi yarim himoyachisi Doniyor Abdumannopov "Surxon"ga qarshi o'yindan so'ng saytimizga intervyu berdi.

- Doniyor, avvalombor kuni kecha bo'lib o'tgan o'yindagi g'alaba bilan tabriklaymiz. Ushbu o'yindan so'ng hissiyotlar qanday?

- Rahmat, to'g'risi kayfiyatimiz alo darajada. Sababi o'z maydonimizda ilk uchrashuvimiz, minglab muxlislar qarshisida va ajoyib muhitni ko'rib faqat g'alaba qozonish kerakligini jamoamiz murabbiylari takidlagan edi. SHu o'rinda yangi boshlangan mavsum hamda kirib kelayotgan navro'z bayrami bilan butun Andijon xalqi, jamoa rahbariyati hamda futbolchilarni tabriklayman.

- "Andijon" jamoasi Superliga o'yinlarida dastlabki g'alabasini qo'lga kiritdi uchrashuv haqida nima deya olasiz?

- "Surxon" bilan o'yinda dastlabki g'alabani qo'lga kiritdik. O'yin qiyin bo'lishi malum edi. Raqibimiz ham o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rishganligi ko'rinib turdi, yakunda jamoamizning birdamligi tufayli g'alaba qozondik.

-"Bobur Arena"ga tashrif buyurgan minglab muxlislarning qo'llab quvvatlashi va ajoyib muhitda o'zingizni qanday his qildingiz?

- "Bobur Arena"dagi atmosferani so'z bilan tariflash qiyin, o'yingohni to'ldirib o'tirgan muhlislar qarshisida to'p surish juda qiyin va bosimi bo'ladi. Tashrif buyurgan futbol ishqibozlariga bizni qo'llab-quvvatlab turganligi uchun minnatdorchilik bildiramiz.

- Jamoa ko'plab xujumlar tashkil qilinmoqda. Biroq yakunda golga aylantira oladigan o'yinchi topilmayapti...

- Meni fikrim bo'yicha unday emas, hammasi joyida. To'g'ri ayrim vaziyatlarda omad biz tomondan yuz  o'girmoqda. Keyingi o'yinlarda bu kamchliklarni bartaraf etamiz.

- Navbatdagi turda siz uchun begona bo'lmagan  "Bunyodkor" jamoasi mehmoni bo'lasizlar. Ushbu o'yindan oldingi fikrlaringiz qanday?

- Albatta "Bunyodkor" hozirgi kunda  Superligida o'z o'rniga ega jamoa hisoblanadi. To'g'ri aytdingiz ushbu jamoada ozmi ko'pmi to'p tepganman. Jamoamiz rahbariyati har bir o'yinda g'alaba qozonish kerakligini uqtirib kelgan, nasib bo'lsa muhlislarni hursand qilib qaytamiz.


Nodirbek Abdullaev suhbatlashdi





Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика