So’nggi yangiliklar

20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  8 20:00Суперлига. "Қизилқум" – "Бунёдкор" (матнли трансляция)  1 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  1 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  0 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  0 18:16Суперлига. "Андижон" - "Пахтакор" 1:3 (матнли трансляция)  115 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  6 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  7 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  8 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  1 15:18"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди  3 14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0

Diyor Turopov: "Yoshligimda chap qanot himoyachisi bo'lganman" Yangiliklar

Diyor Turopov: "Yoshligimda chap qanot himoyachisi bo'lganman"

Toshkentda yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston terma jamoasi kecha JAR stadionida yig'in doirasidagi ikkinchi nazorat o'yinini o'tkazdi.
Bekobodning "Metallurg" jamoasi bilan o'yinda Mirjalol Qosimov shogirdlari 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. O'yin yakunlangach, terma jamoa azosi Diyor Turopov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugungi raqibimiz kuchli jamoa edi va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgan ekan. O'yin teng kurashlar ostida kechdi, biz ikkinchi bo'limda butunlay boshqa tarkibda o'ynaganimiz uchun tetikroq harakat qildik. G'alaba qozonishimizga ham shu omil sabab bo'ldi deb o'ylayman. Qiyin kechgan bugungi o'yinda g'alaba qozonish uchun hammamiz harakat qildik va buni uddaladik - deya takidlab o'tdi Diyor Turopov.

- Ikkinchi o'yindirki chap qanot himoyasida harakat qilayapsiz? Bu noqulaylik tug'dirmayaptimi?
- Bu borada muammo va noqulaylikni his qilmayapman, yoshligimda aynan chap qanot himoyachisi sifatida o'ynaganman. SHuning uchun ham bu holatda o'zimni yaxshi his etyapman. Murabbiylar qaysi nuqtaga qo'yishsa, o'sha joyda o'ynayman.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика