So’nggi yangiliklar

21:22Неймар "Олтин тўп" натижалари ҳақида: "Рафиньянинг 5-ўринда туриши - шунчаки масхарабозлик"  0 20:54Лапорта "Реал"нинг "Олтин тўп"ни бойкот қилиши ҳақида: "Спортда ютқазишни ҳам билиш керак"  9 20:25FIFA клубларни қўллаб-қувватлаш дастурини эълон қилди. Суперлига клублари қанча пул ишлаб олади?  1 20:00Аморим: "Моуринью – португалиялик энг яхши мураббий"  0 19:38"Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашуви чипталари қачон сотувга чиқади?  4 19:13"France Football" бош муҳаррири: "Дембеле "Олтин тўп" учун сўровномада катта устунлик билан ғалабага эришди"  6 18:45Артём Петросян: "Оддий вазиятларда тўпни йўқотяпмиз. Ҳамма ишлаган режаларимизни эсдан чиқариб юбордик"  4 18:32Шавкат Юсупов: "Олимпик" етарлича муаммолар туғдирди"  2 18:20"Барселона" Рэшфорднинг ҳуқуқларини сотиб олишга тайёр  3 17:57Про лига. "ФарДУ" сафарда "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлубиятга учратди  1 17:47Сергей Лушчан "Навбаҳор"ни тарк этдими?  17 17:40Экитике: "Ливерпуль" мен учун қанча тўлагани қизиқ эмас"  2 17:18Пеп Гвардиола: "Абдуқодир Ҳусанов жисмоний жиҳатдан айни кучга тўлган Кайл Уокерга ўхшайди"  10 16:52"Реал" Салибага қизиқишини сақлаб қолган  1 16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  2

Diyor Imomxo'jaev: "Superliganing 3 murabbiyi PRO licenziyasi uchun imtihondan o'ta olmadi" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Superliganing 3 murabbiyi PRO licenziyasi uchun imtihondan o'ta olmadi"

O'zPFL bosh direktori bu haqda malum qildi.

"OFK talabiga ko'ra Superliga bosh murabbiyi albatta Pro licenziyasiga ega bo'lishi shart. 

O'FA bizga taqdim etgan malumotga ko'ra, ayni holatda Superliganing uch (!) va Pro liganing uch klubi bosh murabbiylari Pro licenziyasiga ega emas, aniqrog'i, ular imtihonlardan o'ta olmagan. Qayta topshirish imtihoni mart oyiga belgilangan. Unga qadar biz mazkur mutaxassislarni vaqtincha ro'yxatdan o'tkazib turamiz. Ammo ular qayta topshirish imtihonidan ham yiqilsa, klub mazkur murabbiy bilan shartnomani bekor qilishi talab etiladi. Yani, OFK licenziyalash davriga qadar Pro licenziyasi mavjud murabbiy klub bilan shartnoma tuzib ulgurishi kerak. 

Izoh. Mart oyida vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazib turish masalasi pandemiya tasirida kelingan qaror bo'lib, ko'plab mamlakatlar yopiq rejimda ekanidan kelib chiqib, bir necha oy davomida o'quv kurslarini tashkil qilishning imkoni bo'lmadi. 

Biz joriy mavsumdan etiboran Pro liga klublari murabbiylaridan ham sekin-asta Pro licenziyasi talab qilishni boshladik. Davlat ulushi bor bo'lgan korxona tomonidan moliyalashtirilayotgan klublar qaysi ligada o'ynashidan qatiy nazar, OFK talabiga javob berishi shart. Ular o'zlariga katta oylik-maosh yozib olish uchun emas, birinchi navbatda OFK va O'FA talabini bajarishlari uchun moliyalashtiriladi. Mana shu principni barcha klublar birdek tushunib olishlari shart", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 




Reklama



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика