So’nggi yangiliklar

18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  0 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  4 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  22 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  56 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  2 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  5 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  24 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  2 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  2 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3

Diyor Imomxo'jaev: Ro'zimboy Ahmedov aytganlari uchun javob berishi kerak. Mo'minjonovning faoliyati tekshiriladi Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: Ro'zimboy Ahmedov aytganlari uchun javob berishi kerak. Mo'minjonovning faoliyati tekshiriladi

PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanaliga Ro'zimboy Ahmedov va Ilhom Mo'minjonov o'rtasidagi mojaro borasida malumot joyladi.

"Navbahor" bosh murabbiyi haqida futbolchi Ro'zimboy Ahmedov aytgan gaplar bugun eng ko'p mavzu qilinyapti.

Men "Navbahor" bosh murabbiyiga ham, futbolchiga ham ishonmayman. O'rtada pullik masala turganidan keyin bunday mojarolarning chiqishi oddiy bir hol. Ammo futbolchi qilgan ishni oqlamayman.

Birinchidan, murabbiy shaniga tegadigan gaplari ko'p. SHuning o'ziga uni sudga berish mumkin.

Ikkinchidan, agar futbolchining "Navbahor"dan ketishida biror qoidabuzarlik (yoki qonun) bo'lsa, unda mazkur ish yuzasidan Professional futbol ligasiga murojaat qilish huquqi bor. SHu yilning o'zida bu kabi o'ttizga yaqin futbolchining masalasi ijobiy tomonga hal qilib berildi.




Uchinchidan, murabbiy o'z funkciyalarini bajarishi va aqli etmaganiga aralashmasligi kerak. Murabbiy natija uchun, mashg'ulotlar uchun, klubning maydondagi falsafasi uchun javobgar bo'lgan shaxs. Klublar bosh direktorlari (menejer) esa shartnomalar, hisob-kitob kabi ishlarni joyiga qo'yishi kerak. O'zbekiston futbolini orqaga tortadigan eng ahmoqona ishlardan biri aynan murabbiylarning o'z vazifasidan ortiq masalalarga davogarlik qilishidir.

Professional futbol ligasi bunday ishlarni nazorat qilish yuzasidan allaqachon ish boshlagan. 2018 yil so'ngiga qadar barcha futbol klublariga FIFA qoidalari asosida tayyorlangan shartnoma nusxasi taqdim etiladi. Mazkur shartnomalarga klub va futbolchi o'z shartlarini, qo'shimchalarini kiritishi mumkin. Biroq u yoki bu tomonning shartnomani bekor qilishi, qarzdorliklar va boshqa qator masalalar bunda konkretlashtiriladiki, futbolchilarda ig'vo, fisq-u fasod uchun hojat qolmaydi.

Endilikda O'FA Xavfsizlik boshqarmasi Ro'zimboy Ahmedov bilan albatta ko'rishadi (futbolchi aytganlari uchun javob berishi kerak). Uning fikrlarida qanchalik jon borligi, Mo'minjonovning aslida qanday faoliyat olib borayotgani yuzasidan tekshiruv bo'ladi (o'zini hurmat qilgan klub sifatida buni "Navbahor"ning o'zi amalga oshirishi kerak aslida).

Avval ham aytganman, yana takrorlayman. Oilasini harom pullar bilan boqayotgan va o'yinlarni sotish orqali totalizatordan pul ishlayotganlar oramizda ko'p. Ularning aynan kimligini esa fakti bilan bilmaymiz. Ularning qo'lga tushishi va asl yuzi fosh bo'lishini oddiy bir muxlis sifatida juda istagan bo'lardim.

Reyting: -80   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика