So’nggi yangiliklar

07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  3 02:07Гампер кубоги. "Барселона" "Комо"ни тор-мор этди, Фермин ва Ямал дубль қайд этди  11 00:16Бельгия Про лигаси. "Антверпен" "Ауд-Хеверле Лёвен"ни мағлуб этди, Ўринбоев янги жамоасида дебют қилди  8 23:58Ўртоқлик ўйинлари. "Челси" "Милан"ни, "Юве" "Боруссия"ни мағлуб этди, "Ал Насср" эса Ла Лига дебютантига таслим бўлди  2 23:20Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" илк турда ўз уйида йирик мағлубиятга учради, Алиқулов захирадан майдонга тушди  0 23:14Арне Слот мағлубиятга изоҳ сифатида: "Кристал Пэлас"га ўтган мавсумда битта гол ургандик, бу сафар иккита"  3 22:44Отабек Нарзуллаев: "Ғалаба учун келгандик, бироз омад етишмади"  1 22:26Иван Бошкович: "Об-ҳаво ҳам ўйинга таъсирини ўтказди"  1 21:53"Барселона" Кристенсен бўйича қарорини ўзгартирди  0 21:16"Кристал Пэлас" трансферларга катта пул ишлатган "Ливерпуль"ни мағлуб қилиб, Англия Суперкубогини қўлга киритди!  27 20:55"Ман Сити" Доннаруммага қизиқмоқда. Клуб "Галатасарой" билан келишуви бор Эдерсоннинг кетишига тайёргарлик кўрмоқда  0 20:30Суперлига. "Сўғдиёна" Жиззахда "Машъал" билан ўйинда ғалабани ўзиники қилди  12 19:54"Ливерпуль" Англия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0

Diyor Imomxo'jaev: “Real”da Zidan va Peres bor. “Barselona” esa hozir ham faqat Messiga ishonayotgandek Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: “Real”da Zidan va Peres bor. “Barselona” esa hozir ham faqat Messiga ishonayotgandek

To'rt kun ichida ikki “El-Klasiko”ni jonli ko'rdim. Har ikkisida ham asosan bitta jamoaga qoyil qoldim.

“Real” Alvaro Morata, Hames Rodriges kabi futbolchilarni qo'yib yuborganida ajablangandim, kuchli zaxiraga putur etdimi deb. “Santyago Bernabeu”dagi o'yin Zidan to'g'ri yo'ldan ketayotganini ko'rsatdi. U yuqoridagi futbolchilar bilan o'tgan mavsum zaxirasini shakllantirib oldi. Keyin esa ketish niyatiga kelib ulgurganlarni majburan ushlab turmadi va Peresga ham 1-2 so'm ishlab olish imkoniyatini yaratib berdi. Faqat futbolchi talab qiladigan Pep va Joze bilan solishtirganda, Zidan hozir farishtaning o'zginasi.

“Kamp Nou”dagi dahshatdan keyin “Barselona” kichik hisobda bo'lsa-da Madriddan g'alaba bilan qaytadi deb ishongandim. Biroq “Real” ikkinchi uchrashuvda ham “Barselona”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Ronaldu, Isko, Beyl o'ynamagan, Kazemiro esa zaxiradan maydonga tushgan o'yinda “Barselona” taslim etilyaptimi, demak bu kataloniyaliklar uchun ogoh qo'ng'irog'i. “Barselona”da katta o'zgarish vaqti kelgan.



Ha, men bunda prezident masalasini o'rtaga qo'ymoqdaman. Peresning qaytishi “Real”ni oyoqqa turg'azdi. Bu jamoa o'ziga keldi degani, “Barselona”ning ishlari orqaga ketayotganini bildiradi. CHempionlar ligasidagi ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar, o'tgan mavsum La ligada “Real”ning zafar quchgani, Neymarning jamoadan ketishi bu borada etarlicha asos bo'lishi mumkin. Valverdening olib kelinishi ham balki ko'p to'g'ri bo'lmagandir, bilmadim, mavsum hali boshlanib ulgurmadi. Balki Kruiff hayot bo'lganida Ronald Kuman yoki boshqa bir mutaxassisni tavsiya qilishi ham mumkin edi. Hozir esa Ernesto faoliyatini juda rasvo boshladi. Bunda birgina Neymarning yo'qligi katta muammo bo'ldi desam, “Barselona”dek klub bir unga bog'lanib qolmagan-ku deguvchilar topilishi mumkin. Ha, Neymar hali Messi bo'lib ulgurmagandi, shu erda qolsa bo'la olmasligini tushungani uchun ham Parijga ketib qoldi. Biroq Neymar va Suares kelgunicha ham Kataloniya klubiga yaqinlashishning o'zi qo'rqinchli edi, to'g'rimi?

Xavi ketdi, Inestaning yoshi o'tib qoldi, Buskets oldingidek emas. Va mana endi Neymar ham yo'q. Aytmoqchi bo'lganim, butun mavsum davomida birgina Messi aravani tortishi qiyin masala. Klub Dembele yoki Koutinoni olmasa, umuman bo'lmaydigandek. Delofeuning qaytishi yoki yangi xarid qilingan boshqa futbolchilar, tark etganlar o'rnini bosadigan darajada emas. “Real”da esa hali Isko yorib chiqmoqda, hali Asensio, hali Kazemiro, bir qarasang Lukas Vaskes. Zidan esa jon jahdi bilan Beyl yoki Ronalduning o'zigagina bog'lanib qolmaydigan jamoa qurishga urinmoqda. Mana shu harakatning o'zi Zidan to'g'ri yo'lda ekanini isbotlaydi.

Pep “Barselona”ga kelib Ronaldinosiz jamoaga asos soldi. Enrike hujumda MSN triosini hosil qildi. O'tgan ikki o'yinda men Valverdening hech qanday imzosini ko'rmadim. CHamamda u aniq bir to'xtamlarga kelishda katta qiyinchilik sezgan. Bir tarafdan Neymarning ketgani ham yaxshi, Enrike yaratgan receptdan shunchaki foydalanadigan mutaxassis nega kerak? Men hozir Valverdening yangi mavsumga sovg'asini kutish bilan bandman. Agar hammasi yil oxirigacha shunday qolsa, “Barselona” balki 2-o'rindan ham pastga tushib ketishi mumkindir...


Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика