So’nggi yangiliklar

07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  1 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  7 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  35 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  4 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  57 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  115 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1031 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  11 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  21

Diyor Imomxo'jaev Pro-ligada ishtirok etmoqchi bo'lgan klublarga murojaat qildi Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev Pro-ligada ishtirok etmoqchi bo'lgan klublarga murojaat qildi

2020 yilgi mavsumda Pro-ligada ishtirok etish istagini bildirib, bir qator klublardan murojaat tushmoqda.

Yana kimda shunday reja bo'lsa, quyidagi fikrlar bilan tanishib chiqishini istardim.

Biz 2019 yilgi mavsum so'ngida pulkani qayta tikladik. Unda sport principlariga to'liq amal qilinib, faqatgina o'z mintaqasida g'olib chiqqanlarnigina poytaxtda to'pladik. Yakunda Namanganning "Paxtakor-79" klubi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Demak, kimdir Pro-ligada o'ynamoqchi bo'lsa, 2020 yil o'z viloyatining 2-ligasida o'ynaydi, uni yutsagina, yil so'ngida pulkada ishtirok etadi. Boshqachasiga biz pulkada ishtirok etgan barcha klublarga nisbatan nohaqlik qilgan bo'lamiz.

SHuningdek, ko'plab klublar hokim barcha sharoitlarni qilib berishi haqida aytishyapti. Birinchidan, tuman hokimi barcha sharoitlarni qilib bera olmaydi. Futbolimiz tarixi bunday vadalarning ko'pini ko'rgan. Ikkinchidan, hokimlar qishloqlarda svet, gaz bo'lishini, tibbiy xizmat, talim sohasida o'sishlar bo'lishini va hokazolarni o'ylagani to'g'riroq. O'FA va O'zPFL bundan buyog'iga xususiy futbol klublarini qo'llab-quvvatlaydi, o'z reglamentlarida xususiy futbol klublari uchun engilliklar yaratadi. Va albatta bosqichma-bosqich katta klublar ham o'z yo'nalishlarini o'zgartirishlariga to'g'ri keladi.

Xulosa: Pro-ligada o'ynamoqchimisan, O'FA yoki O'zPFL rahbariyatining eshigi ostida turma, o'rtaga odam solma, telefonlarini tinch qo'y. Zo'r bo'lsang, o'zingni maydonda ko'rsat, futbol o'yna, 2-ligani yut, pulkani yut, umuman, hammani yut. Eng to'g'ri yo'li shu. Tugadi, - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 


Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика