Amirhussayn Hussaynzoda: "Hakamlar O'zbekiston foydasiga qaror qabul qilmoqda"
08 sen 18:04
Yangiliklar
Amirhussayn Hussaynzoda: "Hakamlar O'zbekiston foydasiga qaror qabul qilmoqda"
"O'zbekistonga qarshi o'ynash hamisha qiyin bo'lgan. Bu safar biz ular bilan o'z yurtida va muxlislari qo'llab-quvvatlashi ostida uchrashmoqdamiz, shuning uchun oldimizda yanada mushkulroq vazifa turganini shubhasiz his qilmoqdamiz.
O'tgan o'yinda o'zbekistonliklarning raqibi tarkibidagi futbolchi kutilmaganda qizil kartochka olganiga guvoh bo'ldik. FIFA nazorati sustroq bo'lgan bunday musobaqalarda bazan O'zbekiston foydasiga qarorlar qabul qilinishi kuzatiladi.
Infantinoning ishtiroki Osiyo futboli va ushbu turnir uchun ijobiy holat hisoblanadi. Uning ishtirokida g'alabaga erishishimizga umid qilaman. Albatta, ayrim holatlar bizning nazoratimizdan tashqarida, biroq hakamlarning xatolari natijaga tasir ko'rsatmasligi uchun o'yinlarga minimal xavf bilan yondashishga harakat qilamiz", – dedi 24 yoshli futbolchi.
Eslatib o'tamiz, CAFA turniri finali Toshkentdagi "Olimpiya" stadionida o'tkaziladi. Bahs 19:30 ga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar