So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  0 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  1 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  5 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

Diyor Imomxo'jaev: Orzu qilishdan to'xtamang! Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: Orzu qilishdan to'xtamang!

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
“Sokker klub” proektini xayolimda pishitib yurgan vaqtimda uni birinchilardan bo'lib Ikrom Yusupov qo'llab-quvvatlagan va ko'rsatuv aynan uning studiyasidan efirga uzatilgandi.

Boks muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan bu insonni keyinroq futbol muxlislari ham eslab qolishdi. O'g'lining kelajagi haqida qayg'urib, uy-joyini sotish har kimning ham qo'lidan kelmaydi. Yodingizga tushgandir farzandi Barselona futbol akademiyasida to'p suradigan ota?

Barselonaga yo'lga chiqishdan bir haftalar oldin Ikrom aka bilan feysbukda gaplashdim. Rosti, borishimga ishonmayotganlari gap-so'zlaridan bilinib turgandi. SHaharga kelishim bilan qo'ng'iroqlashdik. Jironadan etib kelgan insonning quvonchini sizga tariflab bera olmayman. Ikki yildan buyon yaqin vatandoshlarini ko'rmaydigan odam bag'ridan bo'shatgisi kelmasdi.

Kataloniya chempionatida to'p suradigan Sardor jamoasi bilan yig'inda ekan. U bilan tanishish nasib qilmadi. Ispan tilini yaxshi biladigan, hayot yo'lini belgilab olgan futbolchi bilan suhbat uyushtirish keyinga qoldi. Vaqti kelib, uning O'zbekiston terma jamoasida paydo bo'lishi meni faqat va faqat xursand qiladi. Istardimki, yo'lini Ispaniyada topaversin, biroz o'tib La liga  klublaridan birida paydo bo'lsa, bu hammamizning yutug'imiz bo'ladi. Oliy ligaga qaytishi shart emas, menimcha.



Ikrom Yusupov “Sokker klub” hali davom etayotgan vaqtdayoq Barselonaga jo'nab ketgandi. Keyinroq Eldor Mustafoev ko'rsatuvni qo'llab-quvvatladi. Proekt to'xtaganida uning noto'g'ri bo'lgani, oshiqcha gapirib yuborganimiz, biz hali bunga tayyor emasligimiz haqida aytgan kasbdoshlarimiz bo'ldi. Menga kimdir rahm ko'zi bilan qarashini hech qachon istamaganman. Kelajagimga ishonchim so'nmagandi, yomon ish qilmaganimni bilganim uchun ham qaddimni bukmagandim. Demak, shu sohada yurgan kishilarning pand nasihati ham, achinishi ham yoqmasdi. Men bunda bir og'iz iliq gap istaganman xolos. Daldani esa otam, ukalarim va Xayrulla Hamidovdan olganman.

Hayot qiziq va tasodiflarga boy. Oradan bir qancha vaqt o'tib, biz Ikrom Yusupov bilan Barselonada uchrashib turgandik. Oddiy bir uyda, kamtarona hayot kechirayotgan, bor umidi o'g'lidan bo'lgan va yaqinlarini juda sog'ingan inson bilan. Qo'li ochiq, samimiy, balki keragidan  biroz ko'p gapiradigan bu odam,  yurakdagi  dardlari bilan o'qtoqlashadi , ora orada uzr xam so'rab qo'yadi. Qo'ngli toza, birovga yomonlik tilamaydi, tilyog'lamalik qilmaydi, to'g'rilik uchun kurashadi. SHu hislatlari qadrli.



Barselonadagi uch kun bir umr yodimdan chiqmaydigan bo'ldi. SHu erda vaqtim Xudo menga qiz farzandni ravo ko'rdi. Birinchi bor “El-Klasiko”ni jonli tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'ldim. O'sha kuni Ispaniyaning go'zal shahrida osh damlab, quvonchli kunni birga nishonlab o'tirgandik. Men nima demoqchiman. Turli maqsad va intilishlar sabab “Sport”ni o'zimiz uchun boy berdik, ammo boshqa quvonchlarni topdik. Men bunda kimnidir tanqid qilish niyatida emasman, shunchaki, hozir baxtli ekanimni aytmoqchiman. Sevinchim ichimga sig'mayotgani rost, shukr demoqchiman. Xudo o'zi ravo ko'rganini istasa bir kundayoq olib qo'yishi mumkin. Men mana shunisidan qo'rqaman va shunday bo'lmasligini faqat va faqat O'zidan so'rayman, o'zidan boshqasiga zor qilmasin.

Sizga ham vaqti kelib “El-Klasiko”ni “Kamp Nou”da, “Santyago Bernabeu”da ko'rish nasib qilsin, bundagi hissiyotlar boshingizdan o'tsin. Men ortiqcha narsa so'ramayman, hayotimiz bugungigidan yomon bo'lmasa etarli. Aytmoqchi bo'lganim, ertangi kunga ishonch so'nib qolmasin hech kimda. Xudo bir nimani olsa, o'rniga albatta boshqasini beradi. Xuddi 12 avgust tongida buvijonimiz olamdan o'tib, tushdan keyin yangi chaqaloq dunyoga kelgani kabi.


Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика