So’nggi yangiliklar

17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  1 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  1 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  6 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  4 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  5 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0

Diyor Imomxo'jaev: "Bu kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish yo'lidagi navbatdagi qadamlardan biridir" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Bu kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish yo'lidagi navbatdagi qadamlardan biridir"

PFL bosh direktori o'rinbosari Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida yangi xabar joyladi.

"Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan “O'zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-processual kodeksi va Mamuriy javobgarlik to'g'risidagi qonunlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, kelishish uchun kiritildi.

Loyiha o'zida bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishdagi qonunbuzarlik uchun shaxsni javobgarlikka tortish, o'yin jarayonlari yoxud ularning natijalariga tasir ko'rsatish maqsadida kelishilgan o'yinlarni o'tkazish va ularda ishtirok etish, shuningdek, bukmekerlik faoliyatidagi qonunbuzarlik uchun javobgarlik kabi masalalarni aks ettiradi.

Sir emaski, O'zbekiston futbol associaciyasining Futbol faoliyatini nazorat qilish bo'limi so'nggi ikki yilda futbolimizda yuz bergan bir qator nohalol holatlarni aniqlashga erishdi. SHu tariqa tashkilot bir qator futbolchilarni malum muddatlarga futboldan chetlashtirdi, bir nechta jamoa musobaqalardan olib tashlandi. Mazkur qonun loyihasi amalga tadbiq etilsa, yaqin kelajakda futboldagi sog'lom raqobatni suniy ravishda bo'g'ayotgan kimsalarga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atish uchun asos bo'ladi. Bu kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish yo'lidagi navbatdagi qadamlardan biridir", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z sahifasida.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика