So’nggi yangiliklar

09:07Sofascore. "Галатасарой"га мағлуб бўлган "Ризеспор"нинг ҳимоясидаги энг катта баҳони Алиқулов олди  4 08:58Мбаппе: "Буни унутишга ҳеч қачон ҳаққимиз йўқ"  2 08:50МЛС. 8 та гол урилган учрашувда "Интер Майами" мағлубиятга учради, Суарес иккита гол урди  0 08:02ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" "Ал Аҳли"ни меҳмон қилади  1 07:35Бум! Ўзбекистон мундиал стартидан олдин ЖЧ мезбони билан ўйнайди  12 02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  6 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  4 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  5 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  107 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  6 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8

Diqqat tanlov! "Buxoro" jamoasiga laqab tanlashda ishtirok eting Yangiliklar

Diqqat tanlov! "Buxoro" jamoasiga laqab tanlashda ishtirok eting

Teglar :  Buxoro
Har qanday klub yoki terma jamoani muxlislari qandaydir o'zgacha nom – to'g'rirog'i laqab bilan atashni xush ko'rishadi.

“Real Madrid”ni  “qirollik klubi” , “Manchester Yunayted”ni “qizil iblislar” , “Bavariya”ni “Gollivud FK” yoki “Yuventus”ni “keksa sinora” deb atalashi barchamizga yaxshi malum. Buni qarangki, nafaqat klublar, balki milliy terma jamoalar olgan bir qator ixtiyoriy va bazi bir majburiy laqablar ham kishi etiborini tortar ekan.

Mamlakatimizda ham bu urf-odatlar allaqachon kirib kelgan. Oliy liga jamoalarning ko'pchiligi aynan laqablar bilan tilga olinishini ko'p bora guvohiga aylanganmiz. Misol uchun “Paxtakor”-“sherlar”, “Bunyodkor”-“qaldirg'ochlar”, “Nasaf”-“ajdarlar”, “SHo'rtan”-oq bo'rilar”,-“Andijon”-“burgutlar”, “Navbahor”-“lochinlar”, “Naftchi”-“chinorlar” deb atalishiga ko'nikkanmiz.

O'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan Buxoroning “Buxoro” jamoasida hamon laqab yo'q. To'g'ri jamoani turli davrlarda turli laqablar bilan tilga olishganlar ham bo'ldi, ammo bu narsa ko'pga bormadi.

Yangi mavsumga oz fursad qolmoqda. “Buxoro” jamoasi muxlislar orasida tanlov elon qiladi. Jamoaga o'ziga xos laqab, taxallus topgan muxlis klub tomonidan taqdirlanadi.

Muxlislar o'z varianlarini pfkbuxoro@mail.ru elektron pochtasiga yuborishlarini so'rab qolamiz. Bundan tashqari ushbu xabar chiqadigan turli ijtimoiy tarmoqlar va saytlarning kommentariy bo'limida izoh qoldirishlari mumkin.

P.S: Laqab tanlanishida jamoa tarixiga, milliylik, viloyat tarixi va timsollariga urg'u qaratishlaringizni so'raymiz.
Buxoro futbolining rivoji yo'lida har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика