So’nggi yangiliklar

01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  20 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  2 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  2 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  24 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5

"Dinamo" Samarqand terma jamoasini mag'lub etdi Yangiliklar

"Dinamo" Samarqand terma jamoasini mag'lub etdi

Teglar :  Dinamo
Dinamo hozirda birinchi liga o'yinlarida asosiy etiborini mahalliy yosh futbolchilar evaziga tarkibni shakllantirishga qaratgan.
SHu maqsadda Samarqand viloyat futbol federaciyasi va Dinamo klubi hamkorligida so'nggi bir hafta davomida viloyatdagi mavjud futbol maktablaridagi 1998, 1999 va 2000-yillarda tug'ilgan 200ga yaqin yosh futbolchilar o'rtasida turnir tashkil etilib, ular orasidan eng iqtidorlari Samarqand viloyat terma jamoasi sifatida saralab olindi.

Viloyat futbol federaciyasi va Dinamo klubi shofeligidagi ushbu musobaqaning final qismi 1 maykuni Dinamo o'yingohida o'tdi. Unda Dinamo klubi yoshlari va yosh futbolchilardan saralangan Samarqand viloyat terma jamoasi o'zaro maydonga tushishdi. Ushbu bahsda Dinamo klubi murabbiylar shtabi, Samarqand futboli jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi. Murabbiylar tomonidan saralangan iqtidorli yosh futbolchilarni keyinchalik Dinamo jamoasi yig'inlarigiga taklif etish, ularga bo'lgan etiborni kuchaytish maqsad qilingan.

Qiziqarli kurashlarga boy o'tgan o'yinda Uchqun Qobilov qo'l ostidagi “dinamochilar” Marat Axmerov boshchiligidagi Samarqand viloyati terma jamoasini 4:0 hisobida mag'lub etishdi.

“Dinamo” – Samarqand viloyat terma jamoasi - 4:0

Gollar:
Amirjon Safarov 30, Asimiddin Mamatov 39, 42, Jasur Ashurov 80.

“Dinamo”: R.Toshturdiev, M.Lokaev, L.Nuriddinov, O.Axmedov, I.Hamidov, K.SHarofutdinov, J.Qurbonov, I.SHaripov, J.Ko'chimov, A.Mamatov, A.Safarov.

Samarqand t/j: SH.Ortiqov, SH.SHukurov, SH.Jo'raev, F.Bozorov, E.Allaniyozov, O.Ravshanov, O.Musurmonov, A.Yazdonqulov, J.Ashurov, I.Rajabov, F.Muxtorov.

 
SHUHRAT SAYFULLAEV: “SELEKCIYA JARAYONI DOIMIY TARZDA OLIB BORILADI”

O'yindan keyin Samarqand viloyat futbol federaciyasi vice-prezidenti SHuhrat Sayfullaevning fikrlari bilan qiziqdik.

Viloyat futbol federaciyasi va Dinamo klubi hamkorligida mana shunday doimiy selekciya ishlarini yo'lga qo'yib, iqtidorli yosh futbolchilarni to'liq nazorat qilishni ko'zlaganmiz. Bu borada viloyat futbolni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi ham katta hissasini qo'shmoqda. Bu jarayon doimiy tarzda olib borilib, kelajakda mahalliy yoshlarimizning klublarimiz safidan o'rin olishini, terma jamoalarimizga nomzod futbolchi sifatida voyaga etishlarinini taminlaydi. Misol uchun bugun viloyatimiz terma jamoasi safida saralangan 25ga yaqin iqtidorlarni ko'zdan kechirdik. Ularning bir nechtasini “Dinamo” klubidan taklif oldi. Bunday ishni doimiy tarzda olib borilishi, klub safi mahalliy iqtidorli yoshlar bilan boyishini taminlaydi - deydi Samarqand viloyat futbol federaciyasi vice-prezidenti SHuhrat Sayfullaev.
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика