So’nggi yangiliklar

10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  1 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  4 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  1 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  0 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  3 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  5 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  4 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  2 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  9 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  13 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  4

Dinamo - Qo'qon-1912: Noxush seriya buziladimi? Yangiliklar

Dinamo - Qo'qon-1912: Noxush seriya buziladimi?

Teglar :  Qo'qon-1912Dinamo
Oliy Liga 20-tur o'yinlarining etiborli qarama-qarshiliklaridan biri Samarqandda Dinamo hamda Qo'qon-1912 jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.

UCHRASHUVNI CEYTLIN BOSHQARADI

PFL elon qilgan ro'yxatiga binoan, Samarqanddagi Dinamo - Qo'qon-1912 uchrashuvini boshqarib borish tajribali hakam Vladislav Ceytlinga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Rustam Serazetdinov va Andrey Kalininlar yordam berib borishadi. Nazoratchi hakam esa SHamil Jumaev bo'lsa, PFL vakili sifatida Noil Lutfulin ish olib boradi.

Oliy Liga. 20-tur.

7 sentyabr (payshanba)

Dinamo (Samarqand) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)

Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Kalinin (Toshkent), I. Xudaydatov (Toshkent)

Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).

O'zPFL vakili: N. Lutfulin.

Uchrashuv boshlanish vaqti: 16:30

KIM QANDAY HOLATDA?

Dinamo jamoasi ayni damda 19 turdan keyin 20 ochko bilan 12-o'rinni band etib turishibdi. Jamoamiz so'nggi turda Namanganda Navbahorga minimal hisobda mag'lubiyatga uchragan edi. Umuman olganda, Dinamo jamoasi Samarqanddagi noxush ananani bartaraf etish uchun ham faqat g'alaba uchun to'p suradi. Dinamo so'nggi marta aprel oyida Buxoro jamoasini Samarqandda mag'lub eta olgan edi. O'sha o'yindan buyon Dinamo Samarqandda g'alaba qozona olmayapti. Samarqanddagi so'ngi o'yinda Dinamo 18-turda Paxtakor bilan 0:0 hisobini qayd etgan edi. 6-turdan buyon davom etayotgan noxush seriya buzilishiga umid qilamiz.

Qo'qon-1912 jamoasi esa Oliy Liganing kashfiyot klubiga aylandi. No'mon Hasanov shogirdlari hali hamon peshqadamlar safida borishmoqda. 19 o'yinda 33 ochko jamg'argan qo'qonliklar chempionat turnir jadvalida 3-pog'onani band etib turishibdi.

O'ZARO O'YINLARDA USTUNLIK KIM TOMONDA?

Dinamo va Qo'qon-1912 jamoalari Oliy Liga tarixida 17 marotiba o'zaro to'qnash kelishgan. Statistika mehmonlar tomonida. Ushbu bahslarning 8 tasida vodiylik futbolchilar ustun kelishgan bo'lishsa, 5 ta uchrashuvda samarqandliklar g'alaba qozonishgan. 4 o'yin esa murosa ko'chasi bilan yakunlangan. To'plar nisbati 20:21 qo'qonliklar foydasiga.

O'zaro o'yinlarda raqiblar 28 ochkoni, Dinamo esa 19 ochkoni qo'lga kiritgan.

Samarqandda bo'lib o'tgan so'nggi beshta uchrashuv:

14.03.2015: Dinamo – Qo'qon-1912 – 0:1

28.05.2003: Samarqand – Qo'qon-1912 – 2:1

19.10.2002: Samarqand – Qo'qon-1912 – 2:1

19.11.2000: Samarqand-Dinamo – Temiryo'lchi – 2:3

01.08.1999: Samarqand – Temiryo'lchi – 6:0

ESKI TANISHLAR…

Qo'qon-1912 tarkibidagi Aziz Ashurov 2011 yilda Dinamo sharafini himoya qilgan bo'lsa, Akmal Xolmurodov 2013-2015 yillar davomida Dinamo safida to'p surgan.

Dinamo safidagi Orif Mamajonov, SHohruh Xolmatov, Aleksey Nikolaevlar esa o'tgan yillar davomida Qo'qon-1912 safida faoliyat olib borishgandi. Demakki, bugun sobiq futbolchilar qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz.

Dinamo klubi Matbuot xizmati.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика