So’nggi yangiliklar

14:18"Барселона" янги мавсум олдидан катта йўқотишларга учради  3 13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  4 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  14 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  11 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  7 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   29 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  7 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  19 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  2 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  3 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  2 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  5 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  3

"Dinamo": "Navbahor" mag'lub etildi, tarkibda yangilar bor Yangiliklar

"Dinamo": "Navbahor" mag'lub etildi, tarkibda yangilar bor

Teglar :  DinamoNavbahor
Toshkentdagi ikkinchi yig'in doirasidagi to'rtinchi uchrashuvda Namanganning Navbahor jamoasiga qarshi maydonga tushgan Dinamo jamoasi qiziqarli o'tgan bahsda g'alaba qozondi.

Bir necha kun oldin jamoa tarkibiga moldovalik 21 yoshli himoyachi Radu Rogan kelib qo'shilgan bo'lsa, bugun so'nggi mavsumni Qo'qon-1912 jamoasi safida o'tkazgan Orif Mamajonov va SHoxruh Xolmatovlar kelib qo'shilishdi.

Navbahor jamoasiga qarshi kechgan nazorat uchrashuvida jamoamiz murabbiylari bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazishdi.

O'yin davomida har ikki jamoa ham ko'plab golli vaziyatlar yaratdi. Namanganliklardan Mansur Saidov, Ro'zimboy Ahmedov, Nemanya Yovanovich singari futbolchilarda gol urish uchun imkoniyatlar bo'lgan bo'lsa, Dinamo tarkibidan Sardor Sulaymonov, Dilyaver Abibullaev, Jasur Azimovlar hisobni o'zgartirishlari mumkin edi.

Qiziqarli kechgan bahsning 66-daqiqasida jamoamiz safida ko'rikdan o'tayotgan Orif Mamajonovning kiritgan goli yakunda Dinamoga Navbahor ustidan g'alaba keltirdi, 1:0

Nazorat uchrashuvi. Toshkent.

22 fevral (chorshanba)

DINAMO - NAVBAHOR - 1:0

Gol
: Orif Mamajonov, 65.

Dinamo
: Mixail Naumov, Firdavs Abdusalimov, SHoxruh Xolmatov, Radu Rogan, Ilhom Komilov, Jasur Azimov, Iskandar Xolmirzaev, Dilyaver Abibullaev, Javohir Qahramonov, Orif Mamajonov, Sardor Sulaymonov.

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Rustam Toshturdiev, Akmal Bozorov, Asomiddin Mamatov, Amirjon Safarov, Hakimxon Alamxonov, Komil SHarofutdinov, Abdumalik Abdullaev, Diyor Malikov.

Navbahor: Akmal Ortiqov, Jahongir Mehmonov, G'iyos Komilov, Hasanboy Ergashev, Tohir SHamshitdinov, Alisher Mirzaev, Mansur Saidov, Oybek Qilichev, Azizbek Turg'unboev, Ro'zimboy Ahmedov, Nemanya Yovanovich.

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Asilbek Amanov,Timur Tolipov, Azam Aliev, Alisher Samatov, Ilhom Boydedaev, Ravshan Xursanov, Mirzohid G'ofurov, Abduaziz Sultonov.

Dinamo jamoasi navbatdagi uchrashuvni ertaga, 23 fevral kuni Bunyodkor akademiyasi stadionida Bunyodkor klubi o'rinbosarlariga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика