"Dinamo" "Nasaf" rasmiysining so'zlari bo'yicha bayonot berdi
07 iyu 14:18
Yangiliklar


"Dinamo" "Nasaf" rasmiysining so'zlari bo'yicha bayonot berdi
"Xususan, Superliga 15-turi doirasidagi "Dinamo" va "Nasaf" (2:2) o'rtasidagi uchrashuvdan keyin Qarshi klubi matbuot xizmati vakili Sarvar O'ktamzoda (Bobonazarov) X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida Samarqanddagi o'yinda VAR texnikasi Jizzaxdan etib kelmagani sababli mezbon klub sifatida Samarqand jamoasini haqoratlagan. Ayniqsa, uning samarqandliklarni tahqirlovchi haqorati turli ijtimoiy tarmoqlar, guruhlarda keskin muhokamaga sabab bo'lmoqda.
"Nasaf" matbuot xizmati vakili, Qarshidagi "Markaziy" stadioni suxandoni sanalmish Sarvar O'ktamzoda (Bobonazarov) tomonidan muxlislar o'rtasida adovatni qo'zg'ovchi, keskinlikka sabab bo'layotgan bildirilgan fikrlar bo'yicha "Dinamo" "Nasaf" klubidan rasmiy tushuntirish so'raydi. Klub bu borada qatiy chora ko'rishni talab qiladi.
Shuningdek, "Nasaf" matbuot xizmati vakili Sarvar O'ktamzoda bo'yicha tegishli idoralarga murojaat qilish bo'yicha ish olib borilayotganini malum qiladi. Bunday xatti-harakatlar klublar o'rtasidagi munosabat sovuqlashishi, muxlislar o'rtasidagi yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini unutmaslik shart", – deyiladi xabarda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar