So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  5 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

"Dinamo": Muxlislar diqqatiga Yangiliklar

"Dinamo": Muxlislar diqqatiga

Teglar :  Dinamo
Dinamo jamoasini har qanday holatda ham yolg'iz qoldirmaydigan samarqandlik futbol muxlislari bu turda Navoiy shahriga safar qilishadi.

Xabaringiz bor, sevimli Dinamo jamoamiz Oliy Liga 27-turi doirasida Navoiyda Qizilqum jamoasi mehmoni bo'ladi. Ushbu uchrashuv Dinamo uchun juda muhim bahs sanaladi. Sababi, O'FF qaroriga ko'ra, Oliy Liganing dastlabki 11 jamoasi 2018 yilda Oliy Ligada ishtirok etish huquqini o'zida saqlaydi. Hozirda turnir javdalida Qizilqum va Dinamo jamoalari 11-12-o'rinlarda yonma-yon borayotgan va ularni bir ochko ajratib turganligini inobatga olsak, Navoiydagi uchrashuv har ikki tomon uchun finaldek o'tishini taxmin qilish mumkin.

SHunday ekan, 4 noyabr, shanba kungi Qizilqum - Dinamo uchrashuvida sevimli jamoamizni Navoiydagi Yoshlar sport majmuasi o'yingohida qo'llab-quvvatlashni istagan Dinamo ishqibozlari bizga hamroh bo'lishlari mumkin.

Samarqandlik futbol muxlislari 4 noyabr, shanba kuni soat 12:00da Dinamo stadioni oldida to'planib, 13:00 da zamonaviy avtobusda Navoiy shahri tomon yo'l olishadi.

Batafsil malumot uchun, Dinamo muxlislari faoli SHavkat Burhonovga (+998 97 920 24 40) murojaat etishingiz mumkin.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика