So’nggi yangiliklar

09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  0 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  1 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  1 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  6 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  7 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  64 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  9 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  46

"Dinamo": Murosasiz "jang"da "Buxoro" taslim etildi Yangiliklar

"Dinamo": Murosasiz "jang"da "Buxoro" taslim etildi

Teglar :  DinamoBuxoro
Turning eng etiborli o'yinlaridan birida Samarqandda Buxoroni qabul qilgan Dinamo jamoasi muhim g'alabani tantana qildi.

Ikkinchi davra oldidan Dinamo tarkibida bir qator o'zgarishlar sodir bo'lgani sababli, bugungi o'yinga muxlislarning qiziqishi yanada oshgandi. Qolaversa, sobiq dinamochilarning Buxoro safida to'p surayotganligi o'yinning yanada murosasiz kurashlarga boy o'tishini anglatib turgandi. Umuman olganda, ko'hna va qadimiy Samarqand va Buxoro jamoalari o'rtasidagi o'yinlar har doim juda qiziqarli o'tganligini aytib o'tish mumkin.

Bu safar ham bahs shiddatli boshlandi. Dastlabki besh daqiqada amalga oshirilgan uchta burchak zarbasining 3-si Dinamo o'yingohini larzaga keltirdi. Ildar Mamatkazin bosh bilan ajoyib gol muallifiga aylandi, 1:0.

Goldan keyin ham mezbonlar hujumkorlikni tushirishmadi, ammo hisob bo'lim so'nggigacha boshqa o'zgarmadi.

Ikkinchi bo'limda ham jamoamiz ancha hujumkor boshlandi. Ketma-ket hujumlar natijasida Feruz Boboqulov 47-daqiqada Buxoro darvozasini ikkinchi marta ishg'ol etdi, 2:0.

O'yin yakuniga qadar Bahrom Hakimov boshchiligidagi jamoa ancha mazmunli to'p surdi. Himoyada Filiposyan, Mamatkazin, Bozorov va Agalievlar ancha ishonchli to'p surishgan bo'lishsa, maydon markazida Ilhom Yunusov va Dilshod SHarofutdinov o'yinni nazorat qilishdi. Bahs yakuniga qadar mehmonlarga imkoniyat qoldirmagan vakillarimiz yakunda principial bahsning ishonchli g'alaba bilan yakunlanishini taminlashdi.

Qayd etish joizki, o'yin davomida har ikki tomon ham juda murosasiz va jangovar to'p surib natijada hakamlar tomonidan bir necha marotaba futbolchilarning kartochkalar bilan siylanishiga olib keldi. Hattoki Dinamo futbolchisi Farrux SHotursunov maydondan chetlatildi.

Oliy Liga. 17-tur. 8 avgust (shanba)

Dinamo (Samarqand) – Buxoro (Buxoro) - 2:0

Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), K. Rasulov (Qarshi)

Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).

O'zPFL vakili: B. Haydarov.

Gollar: Ildar Mamatkazin 5, Feruz Boboqulov 47.

"Dinamo": Andrey Melnichuk, Avaz Agaliev, Ildar Mamatkazin, Artyom Filiposyan, Akmal Bozorov, Otabek Zokirov, Ilhom Yunusov, Firdavs Abdusalimov (Xasan Askarov, 68), Dilshod SHarofetdinov, Farrux SHotursunov, Feruz Boboqulov (Jasur Azimov, 70).

"Buxoro": Sardor Qobuljonov, Otabek Narzullaev, Temur Ayupov, Alisher Sanoev, Ruslan Melziddinov, Maksim Antonyuk (Suxrob Nematov, 57), Aziz Ibragimov, Pavel Smolyachenko (Otabek SHukurov, 46), Sergey Georgiev, Maksimilian Fomin, Nikolay CHipev (Jamoliddin Ubaydullaev, 81).

Ogohlantirishlar: Sergey Georgiev 17, Avaz Agaliev 38, Artyom Filiposyan 38, Dilshod SHarofetdinov 38, Aziz Ibragimov 38, Ruslan Melziddinov 38, Otabek Narzullaev 38, Timur Ayupov 61, Maksimilian Fomin 74, Alisher Sanaev 87.

CHetlatish: Farrux SHotursunov, 90.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика