So’nggi yangiliklar

21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  0 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  1 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  14 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  6 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  14 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  7 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  7

"Dinamo" murabbiyi Tyulkin bitta g'alabadan so'ng klubning qora kunlari ortda qoldi deb o'ylamoqda Yangiliklar

"Dinamo" murabbiyi Tyulkin bitta g'alabadan so'ng klubning qora kunlari ortda qoldi deb o'ylamoqda

Dinamo - Olmaliq (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiy Oleg Tyulkin o'yin borasida to'xtaldi.

Juda ham qiyin va muhim bahsda ancha tajribali jamoani mag'lub eta olganimizdan juda xursandman. Nihoyat, g'alaba qozona oldik. Men avvalo, samarqandlik muxlislarga rahmat degan bo'lardim, ular shuncha muvaffaqiyatsiz damlarga sabr qilib, bugun ham qo'llab-quvvatlashdi va g'alabaga erishdik.

- Oldingi bahslarda standart vaziyatlarini boshqa futbolchilar amalga oshirardi. Bugun esa Iskandar Xolmirzaev to'pga yaqinlashib, ajoyib goli evaziga g'alaba keltirdi. Bu murabbiylar shtabining qarorimi yoki futbolchiniki?

- Bunday zarbalarni mashg'ulotlarda barcha futbolchilarimiz amalga oshirib, tayyorgarlik ko'rishadi. Iskandar Xolmirzaevning zarbasi ham mashg'ulotlarda ishlangandi. O'yindan oldin jarima to'plarini u amalga oshirishini aytgandik. Aynan Iskandar kubok doirasida safarda ham aynan Olmaliq darvozasiga bugungidek jarimadan gol urgandi.

- Bugungi g'alaba jamoa ruhiy holatiga qay daraja tasir qilishi mumkin?

- Katta tasir qiladi. Axir jamoa 10 o'yindan buyon g'alaba tugul, gol ham ura olmayotgandi. Kuchli klublar bilan ham 0:0 hisobida durang o'ynagan bo'lsakda, g'alabaning o'rni boshqa. Bu jamoa ruhiyatiga ijobiy tasir qilib, mashg'ulotlar ham ko'tarinki ruhda o'tishini taminlab, futbolchilarda bosimni nisbatan kamaytiradi. Gol urilganmagan o'yinlar ruhiy bosimni vujudga keltirgandi. Bugun yana gol urish uchun imkoniyatlar bo'lgandi, ammo tajriba etishmadi. Eng asosiysi, Dinamoning qora kunlari ortda qoldi deb o'ylayman.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика