"Dinamo" CHimyonda yig'in o'tkazadi
04 iyu 2018 17:17
Yangiliklar
"Dinamo" CHimyonda yig'in o'tkazadi
Pro-Liga ikkinchi davrasidan keyin “Dinamo” klubi ham 10 kunlik tatilga chiqdi. Hozirda klubning mavsumning ikkinchi qismiga rejasi malum.
Xususan, jamoa 9 iyul kuni yig'ilib, Toshkent viloyatining CHimyon tog'li hududida o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi. Unda asosan jamoaning jismoniy holatini tiklashga etibor qaratiladi. Ushbu yig'in 20 iyulgacha davom etadi.
SHundan so'ng jamoaga ikki kunlik dam berilib, 23 iyul kuni Samarqanddagi qarorgohda yig'ilib, 24 iyul kuni tibbiy ko'rikdan o'tiladi. So'ng yana Toshkentda yig'in tashkil etilib, Pro-Liga ikkinchi davrasi boshlanishiga qadar nazorat o'yinlarida maydonga tushish rejalashtirilgan.
Fikrlar