So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

"Dinamo": 2017 yilda qanday etiborga molik voqealar bo'ldi? Yangiliklar

"Dinamo": 2017 yilda qanday etiborga molik voqealar bo'ldi?

Teglar :  DinamoOliy liga
Dinamo jamoasining 2017 yildagi natijalarini sarhisob etishda davom etamiz. Quyida Samarqand klubining yil davomidagi etiborli voqealarini saraladik.

«Dinamo» klubi joriy mavsumda uzoq yillar davom etgan noxush ananalarga chek qo'ydi. Jumladan:

17 YILDA ILK BOR…

«Dinamo» 17 yil o'tib, Toshkentda «Paxtakor»ni mag'lub etdi. Moldovalik 22 yoshli himoyachi Radu Rogakning 89-daqiqada kiritgan goli jamoaning tarixiy g'alabasini taminladi. Bunga qadar, «Dinamo» 2000 yilda Muhsin Muhammadiev va Elshan Gambarovning gollari evaziga «Paxtakor»ni safarda 1:2 hisobida mag'lub etgan edi.

Oliy Liga-2017. 3-tur.

«Paxtakor» - «Dinamo» - 0:1

Gol:
Radu Rogak, 89.

17 YILDA ILK BOR…

«Dinamo» oradan 17 yil o'tib, chempionat davomida Oliy Liga turnir jadvalida malum muddat peshqadamlik qildi. Jamoa dastlabki uch turda Bekobodda «Metallurg» (0:2), Samarqandda «SHo'rtan» (3:0), Toshkentda «Paxtakor» (0:1) ustidan g'alabalarga erishgach, Oliy Ligada peshqadamga aylangan edi.

Bungacha «Dinamo» uzoq 2000 yilda marhum murabbiy Mahmud Rahimov qo'l ostida peshqadamlik qilgandi.


ORADAN 16 YIL O'TIB…

«Dinamo» 16 yil o'tib, Farg'onada «Neftchi»ni mag'lub etdi. Jasur Azimov, Orif Mamajonov, Amirjon Safarovning kiritgan gollari Vadim Abramov shogirdlarining mag'lub etilishini taminladi.

Bunga qadar, «Dinamo» 16 yil oldin, 2001 yilda Muhsin Muhammadievning yagona goli evaziga «Neftchi»ni safarda mag'lub eta olgandi.

Oliy Liga-2017. 13-tur.

«Neftchi» - «Dinamo» - 2:3



«DINAMO»NING OLIY LIGA TARIXIDAGI ENG YOSH TARKIBI

«Dinamo» jamoasining Oliy Liga-2017 1-davrasida maydonga tushgan tarkibi «Dinamo»ning Oliy Liga tarixidagi eng yosh tarkibiga aylandi.

Jamoaning dastlabki 5-turdagi o'rtacha yoshi - 23,7 yoshni tashkil etdi. Birinchi davrada maydonga tushgan o'rtacha yosh esa – 24 yoshni tashkil etdi. Bu borada «Dinamo» «Bunyodkor» bilan birga mavsumning eng yosh jamoasi bo'ldi.

Xususan, joriy mavsumda jamoa safida Saidjamol Davlatjonov (19 yosh), Jasur Qurbonov (20 yosh), Abdujamol Isroilov (20 yosh), Hakimxon Alamxonov (21 yosh), Javohir Qahramonov (21 yosh), Mirkomil Lokaev (21 yosh) singari futbolchilar debyutlarini nishonlashdi. Jumladan, 1997 yilda tug'ilgan Saidjamol Davlatjonov «Dinamo» safida 2017 yilda maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo'ldi.

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика