So’nggi yangiliklar

14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  2 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  2 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  3 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  2 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  2 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  12 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  10 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  1 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  3 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчи билан шартнома имзолаши мумкин  6

Dimitar Berbatov: "Ronaldu hali ham futbol mabudi" Yangiliklar

Dimitar Berbatov: "Ronaldu hali ham futbol mabudi"

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Dimitar Berbatov mankunianliklar forvardi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

"Garchi yoshi futbol uchun katta bo'lsa-da, bu uning o'yini va gollariga tasir qilmayapti. Bu yoshda APLda shuncha gol urish - aqlbovar qilmas natija. U o'zi qilishi kerak bo'lgan ishni qilmoqda - gollar uryapti.

Uning "Yunayted" bilan shartnomasi yana bir yil davom etadi. Menimcha bu yaxshi holat. Biroq uning jamoada qolish yoki ketishi o'ziga bog'liq. Qolsa undan xursand bo'lardim. Balki bu yangi bosh murabbiyning xohishiga ham bog'liqdir. Ronaldu hozir ham futbol mabudi. Bunday daraja bo'lsang, ko'proq sening xohishing inobatga olinadi.

Ronaldu jamoadan ketsa, uni ayblash noo'rin. Har yili ECHLda o'ynasangiz, bunga o'rganib qolasiz. Birdaniga bir turnirda ishtirok etmasangiz, buni qabul qilish qiyin bo'ladi.

Ushbu mavsumdagi o'yinlari orqali Ronalduning o'ziga qanday etibor berishini ko'rishimiz mumkin. Ronaldu yo'qdan bor qilishni, ilojsiz ishning o'zi yo'qligini ko'rsatishga harakat qilmoqda. Hali ham APL darajasidagi futbolchi ekanligini isbotladi. Odamlar 37 yoshida uni ko'p narsaga qodir emasligini aytishgandi. Ular xato qilishdi.

Menimcha u hali to'xtamaydi va yana bir necha yil futbol o'ynaydi", - dedi Berbatov.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика