So’nggi yangiliklar

19:20ЎФА нега жим?  1 19:04Суперлига. "Сўғдиёна" - "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  11 19:00Суперлига. "Машъал" – "Бухоро" (матнли трансляция)  7 18:58Максим Шацких: "Ҳужумда қулай имкониятларимиз бўлишига ишончим комил"  4 18:36Фабрицио Романо: Ўзбекистон Фабио Каннаваро билан боғланди  12 18:23Деку "Барселона"нинг Нико Уильямсга бўлган қизиқишини рад этди  3 17:55Ҳиндистон клуби ОЧЛ 2 мусобақасидан четлаштирилди  1 17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  1 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  2 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  5 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  9 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  46 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  15 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0

Dilyorbek Ermatov: "Neftchi" bu tarkib bilan kuchli uchlikka harakat qilsa bo'ladi" Yangiliklar

Dilyorbek Ermatov: "Neftchi" bu tarkib bilan kuchli uchlikka harakat qilsa bo'ladi"

"Neftchi" jamoasi etakchisi va himoyachisi Dilyorbek Ermatov bilan tayyorgarlik jarayonlari va yangi mavsumdagi rejalari haqida qisqacha suhbatlashdik.

- Yangi mavsumga ko'tarinki ruhda tayyorgarlikni olib bormoqdamiz. Avvaliga Farg'onada 10 kun mashg'ulotlar o'tkazildi. Endi Toshkentda yig'inni davom ettirmoqdamiz. Andrey Fyodorov bilan ishlash menga yoqyapti. Barcha murabbiyning o'z falsafasi va futbolga bo'lgan qarashi mavjud. Mashg'ulotlar qiziqarli kechmoqda. Hozir qish mavsumi bo'lgani sababli asosiy urg'u futbolchilarning jismoniy holatini kuchaytirib olishga qaratilmoqda. Ayni paytda jamoamizda yaxshi futbolchilar yig'ilishgan. Menimcha, ushbu yig'ilgan tarkib bilan yangi mavsumda kuchli-uchlikka kirishga harakat qilsa bo'ladi.


Umuman yangi mavsumdan umid va niyatlarimiz katta. O'ylaymanki, bu yilgi chempionat qiziqarli o'tadi. Yangi mavsumda "Olmaliq" ko'plab jamoalarga xavf tug'dirsa kerak. CHempionatni "Bunyodkor"ga qarshi bahs orqali boshlaymiz. To'g'ri, biz so'nggi yillarda "qaldirg'ochlar"ga qarshi o'yinlarda muvaffaqiyat qozonmoqdamiz. Ammo unutmaslik kerakki, "Bunyodkor" juda kuchli jamoa. Biz albatta chempionatni yaxshi natija bilan boshlashga harakat qilamiz. O'yin har ikkala jamoa uchun ham qiyin bo'lishi aniq. Ko'plab futbolchilarga bo'lgani kabi menga ham boshqa jamoalardan takliflar bo'lganini inkor etmayman. Ammo ushbu takliflar meni "Neftchi"dan ketishimga sabab bo'la olmadi. CHunki ushbu jamoa men uchun qadrdon bo'lib qolgan SHuningdek, o'z uyimga yaqin joy. SHuningdek, murabbiylar shtabi ham jamoada qolishimga turtki bo'ldi, - deydi Dilyorbek Ermatov.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика