So’nggi yangiliklar

19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  0 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  9 18:20ЎзФҲМ "Сўғдиёна" – "Динамо" учрашувидаги эҳтимолий пенальти бўйича изоҳ берди  12 18:11Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 1:0 (матнли трансляция)  22 17:463 та голга ассистентлик қилган футболчи, рақибни тор-мор келтирган мураббий, 22 ёшли посбон — Суперлигада 20-турнинг энг яхшилари​  0 17:20Ўзбекистонда футбол соҳаси рақамлаштирилади  5 17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0 17:00“Трастбанк” ходимлари ўртасида “Спартакиада – 2025” спорт мусобақалари ўтказилди  0 16:44Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"да йўқотишлар мавжуд  0 16:18"Футбол олами". "Пахтакор" "Андижон"ни тор-мор этди, "Нефтчи"да йирик ҳисобдаги ғалаба, "Навбаҳор"да жанговар дуранг  1 16:08Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади?  10 15:50Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади  70 15:30"Реал" "Олтин тўп"га даъвогар футболчини сотиб олиши мумкин  4

Dilshod Jabborov "Navbahor"ga qaytadimi? Yangiliklar

Dilshod Jabborov "Navbahor"ga qaytadimi?

Ikkinchi davrani munosib o'tkazishni rejalashtirayotgan "Navbahor" ertadan so'ng CHirchiq tumanida dastlabki yig'inni boshlaydi.
Ayni paytda murabbiylar jamoani kuchaytirish maqsadida bir nechta futbolchilar bilan muzokaralar olib borishmoqda. Asosiy urg'uni darvoza va hujum chizig'ini kuchaytirishga qaratishmoqda. Malumotlarga qaraganda Murod Zuhurov ("Bunyodkor"), Mamur Ikromov ("Metallurg") va bir-ikkita yosh posbonlar bilan muzokaralar o'tkazilmoqda.

O'z navbatida hujumchilardan "Metallurg", "Nasaf" jamoalarida to'p surgan hamda joriy mavsum "Neftchi"da o'zini ko'rsata olmayotgan Zohid Abdullaev, yil boshida "Navbahor" yig'inlarida ishtirok etib, keyinchalik o'z xohishiga ko'ra "Oqtepa"ga yo'l olgan Alisher SHog'ulomov va nomi sir tutilayotgan boshqa hujumchilar "lochinlar" tarkibida ko'rinish berishi mumkin.

"Bunyodkor"dan ijaraga olingan SHukurali Po'latov agarda "Navbahor"ni tark etgudek bo'lsa, uning o'rniga joriy yilda Farg'onada to'p surayotgan sobiq "navbahorchi" Jahongir Mehmonov kelishi mumkin. Hozircha Po'latovning Namanganni tark etishi mavhum bo'lib turibdi. O'z navbatida "Bunyodkor" xorijdan boshqa markaziy himoyachi izlamoqda.

Klub rahbariyati asli namanganlik bo'lgan, hozirda boshqa jamoalarda to'p surayotgan futbolchilarni ham tarkibga jalb qilishmoqchi. Bilishimizcha, "Lokomotiv"da asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ygan Dilshod Jabborov "Navbahor"ga qaytishi mumkin. Agar chindan ham futbolchiga taklif bilan chiqishsa, Jabborov o'z uyiga qaytishga qarshi emas.

Hozircha jamoani tark etuvchilar malum emas. Yig'inlar boshlangach, ketuvchilar nomi asta-sekin malum bo'lib boradi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика